From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻrgʻoshin (lotincha: Plumbum, Pb) – Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 82, atom massasi 207,2. Tabiiy qoʻrgʻoshin 5 ta barqaror izotop: 2(,2R (juda oz miqdorda), 2MR (1,5%). 206R (23,6%), 2(|7R (22,6%) va 208R(52,3%) lardan iborat.
Qoʻrgʻoshin miloddan 6—7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va qadimgi dunyoning boshqa mamlakatlari xalqlariga maʼlum boʻlgan. Ular qoʻrgʻoshindan haykal, uy anjomlari va boshqa buyumlar yasashgan. Rimliklar qoʻrgʻoshindan suv quvurlari sifatida foydalanishgan. Yunoniston va Qadimgi Rimda qoʻrgʻoshin birikmalari – qoʻrgʻoshin kuli RO va qoʻrgʻoshinli oq boʻyoq 2RSO,R(ON), turli dori va boʻyoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan.
Qoʻrgʻoshin Yer poʻstining massa jihatidan 1,6T0~3%ini tashkil etadi. Uning 80 ga yaqin minerali maʼlum (bulardan eng muhimi galenit R5). Polimetall rudalarning oksidlanish zonalarida qoʻrgʻoshinning (90 ga yaqin) ikkilamchi rudalari hosil boʻladi, ular jumlasiga anglezit R804, serussit RSO,, krokoit RSg04, piromorfit R,(RO,),S1 kiradi. Qoʻrgʻoshin radioaktiv elementlarning yemirilishidan hosil boʻlgan oxirgi mahsulot sifatida uran, toriy va aktiniy rudalarida uchraydi. Biosferada qoʻrgʻoshin oz miqdorda va tarqoq holda boʻladi (tirik organizmda 5-10 3%, dengiz suvida ZT0_9%). Tabiiy suvlardagi qoʻrgʻoshin ionlari loyga yutilib, vodorod sulfid taʼsirida R8 holida suv tubiga choʻkadi, natijada dengiz balchigʻida qoʻrgʻoshin toʻplana boradi.
Qoʻrgʻoshin yoqlari markazlashgan kub shaklida kristallanadi. Qoʻrgʻoshinning allotropik shakl oʻzgarishi yoʻq; suyuqlanish temperaturasi 327,4°, qaynash temperaturasi 1725°, zichligi 11,34 g/sm3. Qoʻrgʻoshinning oʻz birikmalaridagi oksidlanish darajalari +2 va +4; kimyoviy faol element emas. Qoʻrgʻoshinning R20, RO, R02, R304va R203tarkibli oksidlargʻgmaʼlum. Kis-lorodsiz sharoitda suv Qoʻrgʻoshinga taʼsir etmaydi. Qoʻrgʻoshinning R (ON) va R(ON)4 tarkibli gidroksidlari amfoter. vodorodli birikmasi RN4rangsiz gaz, beqaror modda, u R va N2ga parchalanadi. Qoʻrgʻoshin galogenlar bilan birga qizdi-rilsa, RX2tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen).
Sanoatda qoʻrgʻoshin R8 va qisman qoʻrgʻoshinning kislorodli birikmalaridan olinadi. Metall holdagi qoʻrgʻoshin olish uchun R8 ni havo ishtirokida kuydirib, [osil boʻlgan RO ni koʻmir taʼsirida xomaki qoʻrgʻoshinga qadar qaytariladi. Kuydirish jarayonida paydo boʻladigan R8YU3 ni qaytarish uchun ohak qoʻshiladi. Xomaki qoʻrgʻoshinda 92—98% R boʻlib, qolgan qismini Si, A§ (baʼzan Ai), 2p, 8p, A$, V1, Gʻe tashkil qiladi.
Qoʻrgʻoshin juda koʻp miqdorda qoʻrgʻoshin akkumulytorlari uchun sarflanadi. Qoʻrgʻoshin u-va boshqa radioaktiv nurlarni yutishi sababli qoʻrgʻoshindan radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabellarni korroziyadan va mexanik taʼsirdan himoya qilish uchun qoʻrgʻoshin bilan qoplanadi. Qoʻrgʻoshin asosida juda koʻp qotishmalar hosil qilinadi. Qoʻrgʻoshin oksid RO billur va optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning azidi va stifiati (trinitrorezorsinati) portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qoʻrgʻoshinning tetraetili esa antidetanatordir. N28 ning bor-yoʻqligini aniqlash uchun qoʻrgʻoshin atsetatdan foydalaniladi. Qoʻrgʻoshinning barqaror izotopi 204R va radiaktiv izotopi 2|2R nishonli atomlar sifatida qoʻllanadi. Qoʻrgʻoshinli dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Oʻsimliklar oʻzi uchun kerakli qoʻrgʻoshinni tuproqdan, suvdan va atmosfera yogʻinlaridan oladi. Odam organizmiga 1 sutkada ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg qoʻrgʻoshin kiradi. Qoʻrgʻoshin miqdori sutkasiga 0,2–2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha qoʻrgʻoshin organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, oʻpka va boshqa organlar kasallanadi. Bunday bemorlarni davolashda maxsus (komplekson hosil qiluvchi) va umuman sogʻaytiruvchi dorilar (glyukoza, turli vitaminlar) hamda fizioterapiya usullari qoʻllanadi. Qoʻrgʻoshindan xastalanishni bartaraf qilishda profilaktika katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda qoʻrgʻoshin oʻrniga boshqa metall (masalan, rux) ishlatish, qoʻrgʻoshinli oq boʻyoq oʻrniga titanli oq boʻyoqdan foydalanish, qoʻrgʻoshin ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, ish joylarini shamollatish, ishchilarni shaxsiy himoya qilish, parhez saqlash vaqt-vaqti bilan tibbiyot koʻrigidan oʻtkazib turish katta ahamiyatga ega.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.