oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq From Wikipedia, the free encyclopedia
„Qirmizi olma“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. Dastlab singl o'laroq 2015-yil eʼlon qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻi Rahmatullayevning 2015-yil eʼlon qilingan „Yoshlik“ nomli albomiga ham kiritilgan. Shuningdek, 2020-yil eʼlon qilingan „Seni izlab“ albomiga qoʻshiqning jonli versiyasi kiritilgan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Yabloko lyubvi“ (ruscha: Яблоко любви) nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan[1]. „Qirmizi olma“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir.
„Qirmizi olma“ | |
---|---|
Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshigʻi | |
„Qirmizi olma“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 2015 |
Janr | pop |
Davomiyligi |
3:54 (toʻliq versiya) 3:39 (qisqa versiya) 4:09 (klip versiyasi) |
Klipi | |
„Qirmizi olma“ YouTubeda |
Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor[2]. Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2016-yilning martida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 20 million martadan oshiq koʻrilgan.
Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil eronlik xonanda Aref qoʻshiqni „Ki behtar az to“ (forscha: کی بهتر از تو) nomi bilan fors tilida kuylagan[3]. Rahmatullayev Aref undan ruxsat olmaganini, ammo kaverga eʼtirozi yoʻqligini bildirgan[4]. 2021-yil esa Arhan „Qirmizi alma“ nomi bilan ozarbayjon tilida ijro etgan[5]. 2021-yil Rahmatullayev qoʻshiqni xonanda Nilufar Usmonova bilan ijro etgan.
„The cover up kids“[izoh 1] koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Rustamxon Sayfullayev ijro etgan. Sayfullayev qoʻshiqni uch xil uslubda, jumladan, milliy cholgʻular joʻrligida ijro etgan va Rahmatullayev olqishiga sazovor boʻlgan[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.