From Wikipedia, the free encyclopedia
Polina Sergeyevna Gagarina (ruscha: Поли́на Серге́евна Гага́рина; 1987-yil 27-mart Moskvada tugʻilgan) – rossiyalik qoʻshiqchi, televideniye, ovoz va dublyaj aktrisasi, bastakor va model. Birinchi kanalning „Fabrika zvyozd-2“ (Yulduzlar fabrikasi-2) loyihasi ishtirokchisi va gʻolibi (2003). 2015-yilgi Euriviosn qoʻshiq tanlovida Rossiya nomidan qatnashib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
Polina Gagarina Polina Sergeevna Gagarina | |
---|---|
Gagarina 2015-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Полина Сергеевна Гагарина 27-mart 1987-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Turmush oʻrtogʻi | Pyotr Kislov |
Bolalari | oʻgʻli Andrey Kislov, qizi Miya Isxakova |
Janr | pop |
Amplua |
|
Faoliyat yillari | 2003 – bugun |
Veb-sayt | gagarina.com |
U 1987-yil 27-martda Moskvada[1][2] tugʻilgan, bolaligi Gretsiyada oʻtgan. Golos („Ovoz“) shousining epizodlaridan birida u Mordoviya ildizlariga ega ekanligini tan oldi[3]. Onasi – professional raqqosa – 1991-yilda yunon prodyuseri bilan Afinada „Alsos“ balet raqqosasi sifatida ishlash uchun shartnoma imzoladi. Gagarina u yerda uch yil yashadi, 1993-yil sentyabr oyida u birinchi sinfga bordi. Yozgi taʼtil uchun Rossiyaga qaytib, buvisining talabiga binoan u bilan Saratovda yashash uchun qoldi. U saralash bosqichida Uitni Xyustonning kompozitsiyasini ijro etib, musiqa maktabiga kirdi[2].
Gretsiyalik prodyuser bilan shartnoma tugagandan soʻng, Gagarinaning onasi Moskvaga qaytib keldi, u erga Polina ham koʻchib oʻtdi. Musiqa maktabini tugatgach, 14 yoshida Gagarina Davlat estrada va jazz musiqa kollejiga oʻqishga kirdi[4]. Ikkinchi kursda oʻqituvchisi Natalya Andriyanova Gagarinani „Fabrika zvyozd“ („Yulduzli fabrika“) musiqiy televizion loyihasida ishtirok etishga taklif qildi.
2003-yilda 16 yoshida Gagarina „Fabrika zvyozd-2“ televizion loyihasiga ishtirok etdi. U Maksim Fadeevning bir nechta qoʻshiqlarini ijro etdi va tanlovda gʻolib chiqdi. Keyinchalik koʻplab mutaxassislar Gagarinani shouning barcha gʻoliblari orasida eng kuchli qoʻshiqchi sifatida tan olishdi[5]. Biroq, loyiha oxirida Gagarina Fadeev bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
2005-yilda Gagarina APC Records bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha yili u „Novaya volna“ („Yangi toʻlqin“) xalqaro tanlovida qatnashib, oʻzi yaratgan „Kolybelnaya“ qoʻshigʻi bilan uchinchi oʻrinni egalladi[6]. 11-iyul kuni Moskvada ushbu qoʻshiq uchun rejissyor va operator Vladislav Opelyants tomonidan videoklip suratga olindi[7].
2006-yil boshida Georgiy Toidze rejissyorligida „Ya tvoya“ qoʻshigʻi uchun videoklip chiqdi[8]. Keyinroq „Morning“ ashulasi uchun videoklip chiqdi. Xuddi shu yili „Ya pomnyu“ qoʻshigʻi yaratildi. Shuningdek, 2006-yilda Gagarina Moskva badiiy teatr maktab-studiyasiga oʻqishga kirdi[9].17-sentyabr kuni Le Club[10] da Gagarinaning Moskvadagi birinchi yakkaxon konserti boʻlib oʻtdi.
2007-yilda Konstantin Meladze muallifligida „Ya tebya ne proshu nikogda“ singli yozilgan[11]. 2007-yil 12-iyulda „Poprosi u oblakov“ („Bulutlardan surang“) debyut albomi chiqdi, unga „Kolybelnaya“, „Ya tvoya“ va „Ya tebya ne proshu nikogda“ kabi xitlar kiritilgan.
2008-yilda Gagarina „Komu, zachem?“ qoʻshigʻini „Fabrika zvyozd“ ning yana bir gʻolibi, dugonasi Irina Dubtsova bilan birga ijro etdi.
2010-yil 11-martda „O sebe“ ikkinchi yakkaxon albomi chiqdi. Unga Dubtsova bilan "Komu, zachem? ", „Lyubov pod solntsem“ va „Gde jivyot lyubov“ qoʻshiqlari kiritilgan. Gagarina albomni quyidagicha taʼrifladi: "Yangi albom. Hayotning yangi bosqichi, ham ijodiy, ham shaxsiy. Men albomni „Men haqimda“ deb nomladim, chunki bu musiqa va soʻzlardagi hamma narsa sof haqiqatdir. Agar men haqimda biror narsa bilmoqchi boʻlsangiz, eng yaxshi yoʻl – ayrim nashrlar sahifalaridagi yangiliklarni oʻqishdan koʻra, qoʻshiqlarimni tinglashdir. Bu yerda yolgʻon gapirish mumkin emas va kerak emas"[12].Albom chop qilinganidan keyin ARS bilan shartnoma tugadi, Gagarina uni uzaytirmadi.
Oʻsha yilning 11-iyunida Muz-TV 2010 mukofotida Gagarina va Dubtsova „Komu, zachem?“(„Kimga, nega?“) kompozitsiya uchun „Eng yaxshi duet“ sovrinini qoʻlga kiritdi. Oʻsha vaqtda Gagarina Moskva badiiy teatr maktabini tamomlagan.
2011-yil bahorida Ukrainada „Narodnaya zvezda −4“ (ukraincha: «Народна зірка — 4")musiqiy shoysi boshlandi, bu yerda tanlovdan oʻtgan ishtirokchilar Rossiya va Ukraina estradasi yulduzlari bilan duet kuylashdi. Gagarina odessalik Mixail Dimov bilan kuyladi. 2011-yil aprel oyida Rossiyaning MTV telekanalida „Bolshiye nadejdy“ yoshlar seriali chiqdi. Bu serialning rasmiy saundtreki „Ya obeshayu“ („Men vaʼda qilaman“) qoʻshigʻi boʻldi.
2011-yil avgust oyida Gagarina Ukrainadagi Rossiya radiosidan „Ya tebya ne proshu nikogda“ qoʻshigʻi uchun Zolotoy Grammofon mukofotiga sazovor boʻldi. Yil oxirida „Oskolki“ singli va unga videoklip suratga olindi.
2012-yil yanvar oyida" " („Spektakl okonchen“) yangi singli chiqdi va yanvar oxirida bu qoʻshiqqa videoklip tasvirga olindi. Bahorda Ukraina televideniesida „Katina lyubov“ seriali boshlandi, uning saundtreki Gagarinaning „Vernis lyubov“ („Sevgi qayt“) qoʻshigʻi edi. Iyun oyida (Rossiya)ning Birinchi kanalida „Fabrika zvyozd“ teleloyihasi yana „Rossiya vs Ukraina“ shiori ostida ishlay boshladi. Rossiya va Ukraina tanlovlarining mashhur ishtirokchilari qoʻshiq janglarida kimning jamoasi yaxshiroq ekanligini koʻrsatishlari kerak edi. Gagarina toʻrtta jangning uchtasida gʻalaba qozonib, Rossiya jamoasining gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Shuningdek, yozda Gagarina Kazandagi XXVII Jahon yozgi Universiada 2013 elchisi boʻldi.
Avgust oyida „Net“ singli chiqdi, 2012-yil 31-avgustda uning videoklipi taqdim etildi. 29-sentyabr kuni Gagarina „Eng yaxshi rington“ nominatsiyasida „Spektakl okonchen“ qoʻshigʻi bilan RU.TV mukofotini qoʻlga kiritdi. 2012-yilning yozida Gagarina „Taʼtildagi Monstrlar“ multfilmida Mavis qahramoniga ovoz berdi[13].
1-dekabr kuni „Zolotoy grammofon“ tantanali marosimi boʻlib oʻtdi, unda Gagarina „Spektakl okonchen“ qoʻshigʻi uchun statuetka oldi. U shuningdek,Koʻp marotaba laureati boʻlgan „Yil qoʻshigʻi 2012“ televizion festivalida ishtirok etdi. 3-dekabr kuni „Krasnaya Zvezda“ loyihasida „Spektakl okonchen“ qoʻshigʻi 2012-yilning 20 ta eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri deb topildi. 2012-yilda Gagarina TNT kanalidagi „Vkusno jit“ tok-shousining boshlovchilaridan biriga aylandi[14].
19-aprel kuni Moskvadagi „Izvestiya Hallda“ boʻlib oʻtgan „Sound Track 2013“ tantanali marosimida Gagarina „Sexy Women“ nominatsiyasida mukofot oldi. 2013-yil 25-may kuni Crocus City Hallda RU.TV mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu marosimda Gagarina „Eng yaxshi ijrochi“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan.
2013-yil 7-iyunda u MUZ-TV telekanali[15] versiyasi boʻyicha „Yilning eng yaxshi yutuqlari“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi. 17-iyun kuni har yili oʻtkaziladigan Fashion People Awards-2013 taqdirlash marosimida Gagarina „Fashion“ qoʻshiqchisi deb topildi. 2013-yil 22-iyulda yangi „Navek“ singli chiqdi.
U Konstantin Meladze muallifligidagi „Net“ qoʻshigʻi uchun ikkinchi „Zolotoy grammofon“ ni oldi.
2014-yil 14-aprelda „Shagay“[16] qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtdi. 12-noyabr kuni Gagarina ingliz tilidagi albomidan birinchi DAY singlini chiqardi, bu Therr Maitz aʼzosi Anton Belyaev bilan hamkorlikning samarasi edi.
2015-yil 11-mart kuni Birinchi kanal 2015-yilning may oyida Gagarina " A Million Voices "[17] qoʻshigʻi bilan "Evrovidenie 2015 " qoʻshiq tanlovida Rossiyaning vakili sifatida qatnashishini eʼlon qildi. Bundan biroz oldin Gagarina " Toch-v-toch „ shousida ishtirok etdi.
2015-yil 19-may kuni u birinchi yarim finalda 182 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi[18]. 2015-yil 23-may kuni u Eurovision finalida 303 ball bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[19].
2015-yil iyun oyidan boshlab Gagarina prodyuser va bastakor Konstantin Meladze bilan hamkorlikni toʻxtatdi[20].
2015-yil 25-iyulda u Konstantinovskiy saroyida 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turniriga qur’a tashlash marosimida „A Million Voices“ qoʻshigʻini ijro etdi. 9-avgust kuni u Kazan shahridagi suv sporti boʻyicha jahon chempionatining yopilish marosimida ishtirok etdi[21].
2015-yil sentyabr oyida Gagarina Birinchi kanaldagi Golos loyihasida murabbiylardan biriga aylandi[22]. 2015-yil oktyabr oyida yangi „Ya ne budu“ singli va unga video[23] chiqdi. 2016-yil sentyabr oyida u yana „Golos“ shousida murabbiy boʻldi[24].
2018-yilda u Vladimir Putinning ishonchli shaxsi sifatida roʻyxatga olingan[25], 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida uni qoʻllab-quvvatlagan „ Putin Team“ harakatining aʼzosi boʻlgan.
2018-yilda u Moskva meri lavozimiga nomzod Sergey Sobyaninning ishonchli vakili edi[26].
2018-yildan beri u Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Madaniyat va sanʼat kengashining aʼzosi.
2022-yil 18-mart kuni u Lujniki stadionida Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qoʻshilishining 1 yilligi sharafiga „Natsizmsiz dunyo uchun! Rossiya uchun! Prezident uchun“[27] nomli miting-konstertda ishtirok etdi.
Gagarinaga 2022-yilning aprelidan boshlab Estoniyaga kirish taqiqlangan[28].
Forbes maʼlumotlariga koʻra, Polina Gagarina 2020-yilda Instagramdagi rossiyalik blogerlar reytingida 0,89 million dollar daromad bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[29].
Ism | Ma `lumot |
---|---|
Poprosi u oblakov |
|
O sebe |
|
9 |
|
Vdox |
|
Yil | Ism | Albom |
---|---|---|
2005-yil | „Kolibelnaya“ | Poprosi u oblakov |
2006-yil | „Ya tvoya“ | |
„Morning“ | ||
2007-yil | „Ya tebya ne proshu nikogda“ | |
„Lyubov pod solnsem“ | O sebe | |
2008-yil | „Gde-to jivyot lyubov“ | |
„Komu, zachem?“ (Irina Dubtsova bilan birga) | ||
2009-yil | „Propadi vsyo“ | |
2016-yil | „Day“ | 9 |
„Tansuy so mnoy“ | ||
„Stanu solnsem“ | ||
2022 | "Voda" | Vdox |
"Babochki" |
Yil | Ism | Albom |
---|---|---|
2014 | „Immortal Feeling“ (Denis Matvienko Polina Gagarina bilan birga) | |
2016 | „Golos“ (Basta Polina Gagarina bilan birga) |
Basta 5, 1-qism (Basta albomi) |
2017 | „Angel veri“ (Basta Polina Gagarina bilan birga) | Albomsiz |
„Komanda“ (Smash va Yegor Creed Polina Gagarina bilan birgalikda) |
Viva Amneziya (Smash albomi) | |
2018 | „V nevesomosti“ (Emin Polina Gagarina bilan birga) |
Prosti, moya lyubov (Eminʼa albomi) |
„Putevodnaya zvezda“(Polina Gagarina bilan „Putin team“) | ||
„Ty i ya“
(Charlz Aznavur Polina Gagarina bilan) |
Albomsiz | |
2021 | „Circles and Squares“ (Mans Zelmerlou Polina Gagarina bilan) |
Figurali uchish boʻyicha jahon chempionati 2021 |
Yil | Ism | Albom |
---|---|---|
2015-yil | „Lyubov tebya naydyot“ | Odnoy levoy (OST) |
„Bolshe snov“ | Schastye-eto… (OST) | |
„Kukushka“ | Bitva za Sevastopol (OST) | |
„Ne para“ | Monstry na kanikulah (OST) | |
2017-yil | „My- vselennaya!“ (NEOPOLEON bilan birgalikda) |
Horoshiy malchik (OST) |
2022-yil | „Ostavit sled“ | Stiker (OST) |
Yil | Klip | Rejissyor | Albom |
---|---|---|---|
2005 | "Kolibelnaya" | "Poprosi u oblakov" | |
2006 | "Ya tvoya" | ||
"Morning" | |||
2007 | "Ya tebya ne proshu nikogda" | ||
2009 | "Komu? zachem" (Irina Dubsova bilan hamkorlikda) | "O sebe" | |
2011 | "Oskolki" | ||
2012 | "Spektakl okonchen" | ||
"Net" | |||
2013 | "Navek" | ||
2014 | "Immortal Feeling" (Denis Matvienko bilan hamkorlikda) | ||
"Shagay" | |||
2015 | "Lyubov tebya naydyot" (OST Odnoy levoy) | ||
„A Million Voices“/ „Million golosov“ | |||
"Bolshe snov" (OST Schactye-eto) | nomalum | ||
"Kukushka" | OST „Bilva za Sevastopol“ | ||
"Ya ne budu" | albomsiz | ||
"Ne para"(OST Monstri na kanikulah) | |||
2016 | "Day" | "9" | |
"Golos" (Basta bilan hamkorlikda) | nomalum |
"Basta 5, Chast 1"
(albom Basti) | |
"Tansuy so mnoy" | "9" | ||
2017 | "Stanu solntsem" | ||
"Angel veri" (sovmestno s Bastoy) | |||
"Komanda" (Egor Kreed, SMASH bilan hamkorlikda) | |||
"Drami bolshe net" | albomsiz | ||
"Obezorujena" | |||
2018 | "V nevesomosti" (Eminʼem bilan hamkorlikda) | "Prosti, moya lubov" (Eminʼ ning albomi) | |
"Putevodnaya zvezda" („Putin Team“ harakatining gimni) | |||
"Kamen na serdse" | |||
"Vishe golovi" | |||
2019 | "Melanholiya" | Pavel Hudyakov hamkorligida |
albomsiz |
"Smotri" | nomaʼlum | ||
2020 | "Na rasstoyanii" | ||
"Ti ne seluy" | |||
2021 | "Circles and Squares" (Mans Zelmerlow bilan hamkorlikda) | nomalum | World Figure Skating Championships 2021 |
"Vchera" | |||
2022 | "Ostavit sled" (OST „Stiker“) | nomaʼlum | albomsiz |
"Navsegda" | Grigoriy Nikitin | albomsiz | |
"Voda" | nomaʼlum | ||
"Babochki" | nomaʼlum | "Vdox" |
2022-yil mart oyida Gagarina Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlagani uchun Latviya va Estoniya hududiga kirishi taqiqlandi.[71][72].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.