Piyoz halqalari
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Piyoz halqalari, shuningdek, fransuzcha qovurilgan piyoz halqalari (inglizcha: onion ring, French fried onion ring)[1] Britaniya va Amerika oshxonalaridagi gazak yoki garnir yeguligi hisoblanadi. U xamirga botirilgan yoki non boʻlaklariga bulangan, soʻngra frityurda qovurlgan, kesilgan piyoz yoki halqalardan iborat. Klyar uchun un va tuxum, shuningdek, pivo[2], paxta[3], smetana, yogurt[4] dan ham foydalaniladi. Ular ham odatda pishloq bilan birga qovurib olinadi[5].
Milliy oshxona | AQSh oshxonasi |
---|---|
Asl nomi | Onion ring |
Kelib chiqishi | AQSh, Buyuk Britaniya |
Asosiy komponentlari | Piyoz, quritilgan non (suxari) |
1802-yildan buyon Britancha retsept ostida piyozni tilim shaklida kesiladi, suyuq xamirga botiriladi, ustiga parmezan pishlogʻini qoʻshiladi va choʻchqa yogʻida qovurilib kelinadi. Uning yoniga kuydirilgan sariyogʻ va xantal sousini qoʻshish tavsiya etiladi[6].
XX asrdan boshlab frityurda qovurilgan piyoz tilimlari yoki halqalari uchun retsept va havolalarni topishingiz mumkin: ulardan biri 1910-yildagi Midltaun, Nyu-York[7]; boshqasi esa 1933-yilgi Crisco reklamasi. Turli restoranlar piyoz halqalarini ixtiro qilganliklari borasida daʼvo qilishdi, jumladan, 1920-yillarning boshida Texasning Oak-Kliff shahrida tashkil etilgan Kirby’s Pig Stand restoranlar tarmogʻi[8] ham davogarlardan biri hisoblanadi.
Tayyorlash jarayonida piyozdagi propanitial oksid bispropenil disulfidda parchalanadi, bu piyoz halqalarining biroz shirin lazzati uchun javob beradi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.