Remove ads
Ukraina davlat va siyosat arbobi, oligarx, tadbirkor, Ukrainaning 5-prezidenti (2014-2019) From Wikipedia, the free encyclopedia
Petro Oleksiyovich Poroshenko (ukraincha: Петро́ Олексі́йович Пороше́нко, ,pronounced [peˈtrɔ olekˈs⁽ʲ⁾ijowɪtʃ poroˈʃɛnko]; 1965-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) – ukrainalik oligarx va siyosatchi, 2014-yildan 2019-yilgacha Ukrainaning beshinchi prezidenti boʻlgan[1]. Poroshenko 2009-2010-yillarda tashqi ishlar vaziri, 2012-yilda esa savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimlarida ishlagan[2]. 2007-yildan 2012-yilgacha Ukraina milliy banki kengashini boshqargan[3]. 2014-yilning 25-mayida birinchi turda 54,7 foiz ovoz olib, prezident etib saylandi. Oʻz prezidentligi davrida Poroshenko mamlakatni Donbasdagi urushning birinchi bosqichidan oʻtkazib, rus separatchi kuchlarini Donbas hududiga siqib chiqargan[4]. Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya jarayonini Yevropa Ittifoqi-Ukraina shartnomasini imzolash orqali boshladi[5][6].
Petro Oleksiyovich Poroshenko | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
ukraincha: Петро Олексійович Порошенко | |||||||
Ukraina Prezidenti | |||||||
5-Ukraina Prezidenti | |||||||
Mansab davri 7-iyul 2014-yildan – 30-may 2019-yilgacha | |||||||
Hukumat boshligʻi |
Arseniy Yatsenyuk Volodimir Groysman | ||||||
Oʻtmishdoshi | Viktor Yanukovich | ||||||
Vorisi | Volodimir Zelenskiy | ||||||
Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri | |||||||
Mansab davri 23-mart 2012-yildan – 3-dekabr 2012-yilgacha | |||||||
Oʻtmishdoshi | Andriy Kluyev | ||||||
Vorisi | Igor Prasolov | ||||||
9-Ukraina Tashqi ishlar vaziri | |||||||
Mansab davri 9-oktabr 2009-yildan – 11-mart 2010-yilgacha | |||||||
Oʻtmishdoshi | Vladimir Xandogiy | ||||||
Vorisi | Dmitriy Grishchenko | ||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||
Tavalludi |
26-sentyabr 1965-yil Odessa, Ukraina SSR, SSRI | ||||||
Siyosiy partiyasi | (partiyasiz) | ||||||
Turmush oʻrtogʻi | Marina Poroshenko | ||||||
Bolalari |
oʻgʻillari: Aleksey, Mixail qizlari: Yevgeniya, Aleksandra | ||||||
Onasi | Yevgeniya Poroshenko | ||||||
Otasi | Oleksiy Poroshenko | ||||||
Kasbi | iqtisodchi | ||||||
Maʼlumoti | Taras Shevchenko nomli Kiyev universiteti | ||||||
Mukofotlari |
|
Vikiiqtibosda Petro Poroshenkoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Poroshenkoning ichki siyosati ukrain tilini, ukrain milliyligini, inklyuziv kapitalizmni, dekommunizatsiyani va maʼmuriy buyruqbozlikni bartaraf ettirishni ilgari surdi. 2018-yilda Poroshenko Ukraina cherkovlarini Moskva Patriarxiyasidan ajratib turuvchi avtokefal Ukraina pravoslav cherkovini yarata oldi. Uning prezidentligi uch soʻzdan iborat shiorga aylangan boʻlib, uni ham tarafdorlari, ham muxoliflari ishlatgan: armiya, mova, vira (inglizcha: qurol, til, eʼtiqod)[7].
Poroshenko Oliy Radaning deputati, Yevropa birdamligi partiyasi yetakchisi. Hukumat ishidan tashqari taniqli ukrainalik oligarx hisoblanadi. Uning eng taniqli brendi Roshen yirik qandolatchilik kompaniyasi boʻlib, unga „Shokolad qiroli“ laqabi berilgan. 2021-yil noyabr oyida oligarxlarga qarshi qonunchilikka rioya qilish uchun, 5 kanal telekanalini sotishga majbur boʻlgan[8]. U ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi va moliya sohalaridagi biznes-xoldinglari koʻlami, prezidentlikka qadar hukumatdagi bir necha marta ishlagan siyosiy taʼsiri va nufuzli ommaviy axborot vositalariga egaligi tufayli oligarx hisoblanadi[9].
Pyotr Poroshenko 1965-yil 26-sentabrda Ukrainaning janubi-gʻarbidagi Odessa viloyatida, asosan bolgarlar yashaydigan Bolgrad shahrida etnik ukrain oilasida tugʻilgan. Poroshenkoning otasi Oleksiy Poroshenko (1936–2020), muhandis, keyinchalik Ukraina SSRdagi koʻplab zavodlarni boshqargan davlat amaldori[10]. Uning onasi Yevgeniya Sergievna Xrixorchuk (1937–2004) haqida maʼlumot kam, biroq ukraina gazetasi uning buxgalter boʻlib, buxgalteriya kasb-hunar va texnik maktabida dars berganini aytgan[11]. Bolaligi va yoshligini Tiginada (Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi, hozir Bender nomi bilan tanilgan va de-fakto tan olinmagan Dnestrboʻyi davlatning nazorati ostida) oʻtkazgan[12][13]. Otasi Oleksiy mashinasozlik zavodiga rahbarlik qilgan va rumin tilini oʻrgangan[12][14].
1984-yilda Poroshenko tibbiyot fakulteti talabasi Maryna Perevedentsevaga (1962-yilda tugʻilgan) uylandi[15]. Ularning birinchi oʻgʻli Oleksiy 1985-yilda tugʻilgan. Yana ikkita farzandi 2000 va 2001-yillarda tugʻilgan[15].
Poroshenkoning oʻzidan sakkiz yosh katta akasi Mixaylo 1997-yilda avtohalokatda vafot etgan[16].
1993-yilda Poroshenko otasi Oleksiy va Kiyevdagi avtoyoʻl institutidagi hamkasblari bilan birgalikda qandolat va avtomobil sanoatiga (shuningdek, keyinchalik boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga) ixtisoslashgan „UkrPromInvest“ Ukraina sanoat va investitsiya kompaniyasini yaratdi[17]. Poroshenko kompaniya tashkil etilganidan 1998-yilgacha kompaniyaning bosh direktori boʻlgan. Parlamentga kirishi munosabati bilan faxriy prezident unvonini saqlab qolgan holda, bosh direktorlikni otasiga topshirgan[17].
Uning biznes xoldinglari roʻyxatida eng koʻzga koʻringani boʻlmasa-da, nizoga sabab boʻlgani Lipetskdagi qandolat fabrikasidir. Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2014-yildan hozirgi kungacha) tufayli fabrika musodara qilingan. Sevastopol zavodi (Sevmorzavod) 2014-yilda Qrimning Rossiyaga zoʻrlik bilan qoʻshib olinishidan keyin musodara qilingan.
2012-yil mart oyida Forbes jurnali uni 1 milliard AQSh dollari bilan milliarderlar roʻyxatiga 1153-oʻringa Forbes kiritdi[18]. 2015-yil may oyi holatiga koʻra, Poroshenkoning boyligi taxminan 720 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Rossiyaning Roshen mahsulotlarini taqiqlashi va Ukraina iqtisodiyotining yomon ahvoli tufayli boyligining 25 foizini yoʻqotdi[19][20].
Prezidentlikka saylanganidan keyin, Poroshenko milliarder maqomini yoʻqotdi[21][22].
Poroshenko siyosiy faoliyatini boshlashi bilan oʻz ulushini maqsadli jamgʻarmaga topshirganini aytdi[23].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.