Pele

From Wikipedia, the free encyclopedia

Pele

Pele (Edson Arantis du Nasimentu) (1940-yil 21-oktabr, Tres-Korasoyns, Minas-Jerays shtati — 2022-yil 29-dekabr) — braziliyalik futbolchi. 3 karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). 1956-1974-yillarda „Santos“ klubida, 1957-1970-yillarda Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. „Santos“ futbolchilari bilan birga Janubiy Amerika chempionlari kubogi va qitʼalararo kubok egasi (1962, 1956). 1957—1977-yillarda 1300 ga yaqin toʻp (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. „Futbol qiroli“ nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga bagʻishlab 90 dan ortiq qoʻshiq toʻqilgan. „Mening hayotim va ajoyib oʻyin“ (1977) kitobining muallifi[2].

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Pele
Thumb
1970-yilda Pelé Braziliya bilan
Tavalludi
Edson Arantes do Nascimento

23-oktyabr 1940-yil[note 1]
Três Corações, Brazil
Vafoti 29-dekabr 2022-yil(2022-12-29)
(82 yoshda)
São Paulo, Brazil
Fuqaroligi Braziliya
Kasbi
  • Futbolchi
  • Siyosatchi
Turmush oʻrtogʻi
  • Rosemeri dos Reis Cholbi
    (turm. 1966; ajr. 1982)
  • Assíria Lemos Seixas
    (turm. 1994; ajr. 2008)
  • Marcia Aoki (turm. 2016)
Bolalari 7 ta, shu jumladanEdinho and Joshua Nascimento
Otasi Dondinho
Onasi Celeste Arantes
Qarindoshlari Zoca (Aka)
Pele
Ampluasi Hujumchi, Vinger
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1953—1956 Bauru
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1956—1974 Santos 583 (569)
1975—1977 New York Cosmos 64 (37)
Total 647 (606)
Milliy terma jamoa
1957—1971 Braziliya 92 (77)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
1-Sport vaziri
Mansab davri
1995-yil 1-yanvar  1998-yil 30-aprel
Prezident Fernando Henrique Cardoso
Oʻtmishdoshi Yangi tashkil etilgan
Vorisi Rafael Greca Andoza:Avoid wrap
Imzosi
Thumb
Yopish

Pele oʻyinchi sifatida uch marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan dunyodagi yagona futbolchi. Toʻrtta jahon chempionati ishtirokchisi. 1970-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi. 1958-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi . 1973-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi. Ikki marta jahon chempionatlarining ramziy terma jamoalari aʼzosi. Qitʼalararo kubok va Libertadores kubogining ikki karra gʻolibi, qitʼalararo chempionlar Superkubogi gʻolibi , San-Paulu shtatining oʻn karra chempioni , Rio San-Paulu turnirining toʻrt karra gʻolibi.

FIFA futbol komissiyasiga koʻra XX asrning eng yaxshi futbolchisi. Tashkilotning rasmiy saytida ovoz berish orqali Pele XX asrdagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi. U Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra ham XX asrning eng yaxshi sportchisi hisoblanadi.

Pele Time jurnali boʻyicha dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri. U sportdagi ajoyib yutuqlari uchun Braziliya oltin medali bilan taqdirlangan. 1995-1998 yillarda Braziliya sport vaziri lavozimida ishlagan.

2022-yil 29-dekabrda uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 82 yoshida shifoxonada vafot etdi[3].

Shaxsiy hayoti

1966-yilda Pele Rosemerie dos Reis Cholbi bilan turmush qurdi. Ular uchta farzand koʻrishdi: Kelly Christina (1967), Edson (1970) va Jennifer (1978). Pele va Rozmeri 1982-yilda ajrashgan. 1994-yilda Pele ikkinchi marta turmush qurdi. Rafiqasi Assuriya Lemos Seixas bilan 2008-yilgacha yashadi. 2008-yilda juflik ajrashdi. Ularning bu nikohdan Joshua va Selest ismli egizaklari bor. 2016-yil iyul oyida u uchinchi marta, yapon millatiga mansub 50 yoshli braziliyalik ishbilarmon ayol Marsiya Sibeli Aoki bilan tumush qurdi.

Kasallik va oʻlim

2021-yil sentabrida Pele yo‘g‘on ichakning o‘ng tomonidagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilindi. 2022-yilning yanvarida Pele kimyoterapiya bilan davolanishi malum qilindi. 2022-yil 29-dekabrda u Braziliyaning Morumbi tumanida ogʻir va uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82-yoshida vafot etdi. Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada uch kunlik motam eʼlon qilindi. Futbolchi bilan xayrlashuv 2023-yil 2-yanvar kuni kunduzi " Santos " klubi — Vila Belmiro stadionida bo‘lib o‘tadi, mahalliy nashrlarning yozishicha, jasad solingan tobut maydon markaziga o‘rnatiladi. U Santos shahridagi Vertikal qabristonga dafn etiladi.

Karyera

Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Santos Futbol klubi
Klub Mavsum Campeonato Paulista Rio-São Paulo Campeonato Brasileiro Série A Mahalliy musobaqalar.

Jami

Xalqaro musobaqalar Jami
Copa Libertadores Qitʼalararo kubok
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Santos 1956 0*0*1111
1957 14+15*19+17*9538*41*38*41*
1958 385888466646*66*
1959[4] 3245764*2*395143*53*
1960[5] 303330003333000033*33*
1961 2647785*73355000038*62*
1962 2637005*2*26374*4*2537*48*
1963[6] 19228144*827364*5*123651*
1964 2134436*725370*0*0031*44*
1965 2849754*2*39547*80046*64*
1966 14130*0*5*2*14*13*000019*15*
1967 181714*9*32*26*000032*26*
1968 211717*12*38*28*005143*30*
1969 252612*12*37*38*000037*38*
1970 157 13*4*28*11*000028*11*
1971 1962114070000407
1972 209165361400003614
1973 19113019493000004930
1974 101179271000002710
Umumiy 4104685349173*101*636*618*151788659643
Yopish
Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
New-York Cosmos rekordlari
Klub Mavsum Liga Post mavsumi Boshqalar Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Goals
New York Cosmos 1975 95-14122317
1976 22132218114226
1977 2513641164223
Jami 563186432710766
Yopish

Xalqaro

92 ta rasmiy o‘yinda 77 ta gol urgan Pele futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi [7][8].

Batafsil maʼlumot Jamoa, Yil ...
Xalqaro rekord
Jamoa Yil Oʻyin Gollar Oʻrtacha gol
Braziliya 1957 221.00
1958 791.28
1959 9111.22
1960 640.67
1961 00
1962 881.00
1963 771.00
1964 320.67
1965 891.12
1966 950.55
1967 00
1968 740.57
1969 970.77
1970 1580.53
1971 210.50
Umumiy 92770.84
Yopish

Xulosa

Pelening gollar va o‘yinlar statistikasi manbalar orasida asosan o‘rtoqlik o‘yinlari tufayli farqlanadi. RSSSF taʼkidlashicha, Pele 851 ta rasmiy oʻyinda 778 ta gol urgan.[9] Quyidagi jadval RSSSF (2021) ning soʻnggi eʼloniga asoslangan.

Batafsil maʼlumot Jamoa, Oʻyinlar ...
Jamoa Oʻyinlar Gollar
Santos FC 666 644
New York Cosmos 64 37
Brazil 92 77
Milliy jamoa 4 4
São Paulo 15 12
Boshqa jamoalar 5 2
Umumiy 851 778
Yopish

Filmografiya

Batafsil maʼlumot Yil, Nomi ...
Yil Nomi Rol Izoh
1969 Os Estranhos Plínio Pompeu Televizion serial
1971 O Barão Otelo no Barato dos Bilhões Doktor Arantes
1972 A Marcha Chico Bondade
1981 Escape to Victory Kapral Luis Fernandes
1983 A Minor Miracle Oʻzi
1985 Pedro Mico
1986 Hotshot Santos
1986 Os Trapalhões e o Rei do Futebol Nascimento
1989 Solidão, Uma Linda História de Amor
2001 Mike Bassett: England Manager Oʻzi
2016 Pelé: Birth of a Legend Mehmonxona qabulxonasida oʻtirgan odam Kameo
Yopish


Izohlar

  1. According to Pelé, his birth certificate listed 21 October 1940 incorrectly.[1]

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.