amerikalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Paul Joseph Cohen (talaffuzi: Pol Jozef Koen) (2-april 1934-yil — 23-mart 2007-yil)[1] — amerikalik matematik. Cohen kontinuum-gipotezasi hamda tanlov aksiomasi Zermelo–Fraenkel sistemasidan mustaqil ekanligini isbotlagan. Fields medali (1966)[2] va AQSh Milliy fan medali (1967) bilan taqdirlangan.
Paul Joseph Cohen | |
---|---|
Tavalludi |
2-aprel 1934-yil Long Branch, New Jersey |
Vafoti |
23-mart 2007-yil (72 yoshda) Stanford, Kaliforniya, Palo Alto |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Stanford universiteti |
Taʼlimi |
Stuyvesant maktabi Brooklyn kolleji Chicago universiteti |
Akademik rahbarlari | Antoni Zygmund |
Mashhur shogirdlari | Peter Sarnak |
Mashhur ishlari |
Cohen forsingi Kontinuum-gipoteza |
Taʼsir olgan | Georg Cantor, Kurt Gödel |
Taʼsir koʻrsatgan | Alain Badiou |
Mukofotlari |
Bôcher mukofoti (1964) Fields medali (1966) Milliy fan medali (1967) |
Cohen polshalik yahudiy muhojirlar oilasida tugʻilgan. Brooklyn shahrida oʻsgan va oʻsha yerda oʻqishni boshlagan[3][4][1][4]. U 1953-yilda Chicago universitetiga oʻqishga kirgan. 1961-yil Stanford universitetida ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan va u yerda 2004-yilgacha ishlagan. Cohen umrining soʻnggi oylarigacha oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Cohen oʻzining turli xil qiziqishlari bilan boshqalardan ajralib turgan. U ingliz, shved, fransuz, ispan, nemis va yahudiy tillarida soʻzlasha olgan. Pianino va skripka chalishni bilgan. Stanford universiteti xorida va shved folklor guruhida qoʻshiq kuylagan.
Cohen Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi (1967) va Amerika falsafiy jamiyati (1972) aʻzosi boʻlgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.