From Wikipedia, the free encyclopedia
“Parizod” — 2012-yilda Kinoshok kinofestivalida “Золотая лоза” Gran-prisiga sazovor boʻlgan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan badiiy film. Film “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Oʻzbekfilm ” kinostudiyasida suratga olingan.[1] Bundan tashqari mazkur film Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan Ovrosiyo film festivalida "Eng yaxshi rejissura" nominatsiyasida gʻolib chiqdi.[2]
Parizod | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Ayub Shahobiddinov |
Prodyuser(lar) | Agzam Is'hakov |
Ssenariynavis(lar) | Erkin A'zam |
Rollarda |
Zarina Nizomiddinova, Samiddin Lutfullayev, Baxtiyor Qosimov, Dilorom Karimova, Lola Eltoyeva |
Bastakor(lar) | Ubaydullo Karimov |
Kinematografiya | Azizbek Arizkulov |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 2012 |
Davomiyligi | 81 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | O'zbekcha |
Filmda Jonibek ismli mehribon odam togʻda bir farishtanamo, parilarga oʻxshash, afsonaviy husn sohibasi boʻlgan bir yolgʻiz qizni uchratib qoladi. Qizni tanish-bilishlarga turmushga berishmoqchi boʻlishadi. Ammo potentsial daʼvogar kuyovlar qizni birin-ketin rad etishadi, chunki uning goʻzalligi, sofligi va soddaligi ortida kuchli bir narsa yashiringaniga ishonishadi. Qizni oʻziga ravo koʻradigan erkak topilmaydi. Film ijodkorlarining soʻzlariga koʻra film bugungi kunimizda ham, oramizda gʻayritabiiy ham qandaydir ilohiy kuchga ega insonlar paydo boʻlishi mumkin va ular tirikligida, borligida ularning qadriga yetish kerakligini ilgari suradi.[3]
"Parizod" filmi dunyoning qator mamlakatlarida namoyish etildi. Xususan Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etildi. Buyuk Britaniyaning Kembrij Universitetida, AQShdagi Jorj Vashington nomidagi universitetda va yana bir nechta AQSh, Koreya va Oʻzbekistondagi Universitetlarda namoyish etildi. Parijda "Adabiyot va Kino kunlari" doirasida "Parizod" filmi maxsus premyera qilindi.[4] Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Toshkentdagi vakolatxonasida ham film namoyishi boʻlib oʻtgan.[5]
Festival nomi | Nominatsiyasi | Mamlakat | |
---|---|---|---|
1 | Kinoshok[6][7] | Gran-pri | Rossiya |
2 | Nyu York Yevrosiyo film festivali[8][9] | Eng yaxshi rejissorlik ishi | AQSh |
3 | "Volokolamsk chegarasi" xalqaro film festivali | Eng yaxshi ayol aktrisa | Rossiya |
4 | "Nika" festivali | "MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi" (nominant) | Rossiya |
5 | "Eng ulugʻ eng aziz" respublika tanlovi | 1-oʻrin (Dramaturgiya) | Oʻzbekiston |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.