From Wikipedia, the free encyclopedia
Palos, sholcha — ikki tomonlama naqsh hosil qilib qoʻlda yoki mashinada toʻqib tayyorlanadigan patsiz gidam. Ip, jun, sunʼiy tolalardan toʻqiladi. Odatda, yer (pol)ga toʻshaladi. Gazlama toʻqish usulida arqoq ipini 2 xil koʻrinishda (vertikal tirqishli va tirqishsiz) matalishi vositasida ba-jariladi. Arqoq ipini bu usulda matalishi turli (handasiy va islimiy) naqshlar, ifodali tasvirlarni aniq hosil qilish imkonini beradi. Dunyoda Bolgariya, Hindiston, Eron, Ruminiya, Turkiya P.lari mashhur. Sharq mamlakatlari (Hindiston, Eron va boshqalar), jumladan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston hududida P. tayyorlash qadimdan keng tarqalgan, rang-barang goʻzal P.lar yaratilgan. Rangli asos yoki qalin arqoq ipi yordamida yaratilgan naqshlar zaminda bir oz boʻrtib mayin yotadi, yoddan toʻqilgan mujassamotda yoʻl-yoʻl qatorlar, yirik zinasimon naqshlar, urugʻ tamgʻasi tasvirlari, hayvon shakllari koʻp uchraydi. P. koloritida qizil rang ustun turadi. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva va boshqa joylarda fabrikalarda tayyorlanadi. Sirdaryo, Qashqadaryo va boshqa joylarda qoʻlda qad. anʼanaviy va zamonaviy usullarni qoʻllab P. toʻqish rivojlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.