O‘zbekiston davlat mukofotlari ro‘yxati From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari — Oʻzbekiston fuqarolariga xizmatlari uchun beriladigan mukofotlardir. Ular Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan farq qiladi va esdalik, koʻkrak, faxriy nishonlardan iborat[1].
Surat | Mukofot | Sanasi | Asos |
---|---|---|---|
Milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksak vatanparvarlik tuygʻularini, insonparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlikni oʻzida mujassam etgan, Vatanning obroʻ-eʼtibori, xalqaro nufuzi, shaʼni va shon-shuhratini yuksaltirishga xizmat qilayotgan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishda namuna bolayotgan yoshlar taqdirlanadi[2]. | |||
Vatanning xalqaro maydondagi sharafi va obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy salohiyati, mudofaa qudrati, sarhadlar xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va totuvlikni qaror toptirish, ijtimoiy-huquqiy tartibni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, yosh avlodni milliy istiqlol gʻoyalari ruhida tarbiyalashda fidoyilik namunasi koʻrsatayotgan ziyolilar, fan va sanʼat namoyandalari, ishchi va xizmatchilar, kollektiv xoʻjalik aʼzolari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va boshqa shaxslar mukofotlanadi[3]. | |||
Tibbiyot xodimlari, shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlashda oʻzini koʻrsatgan, yetarli ish tajribasi va kasbiy malakasiga ega, oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan Oʻzbekiston va chet el fuqarolari taqdirlanadi[4]. | |||
Davlat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, yuksak kasb mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqat koʻrsatgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan, zaxiraga yoki harbiy xizmatga oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar. nafaqadagi, mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda qatnashgan, shuningdek, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan, jarohatlangan yoki mayib boʻlgan harbiy xizmatchilar[5]. | |||
Mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy, maʼnaviy, maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlash yoʻlida katta mehnat qilgan ziyolilar vakillari, fan va sanʼat namoyandalari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va boshqa shaxslar salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlat xavfsizligi va chegaralari daxlsizligini taʼminlash, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, Oʻzbekistonning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga hissa qoʻshgan shaxslar mukofotlanadi[6]. | |||
Davlat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, yuksak kasb mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqat koʻrsatgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan, zaxiraga yoki harbiy xizmatga oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar, nafaqadagi, mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda qatnashgan, shuningdek, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki jarohatlangan hamda mayib boʻlgan harbiy xizmatchilari mukofotlanadi[7]. | |||
Kamida qirq yoki oltmish martadan kam boʻlmagan qon topshirgan Oʻzbekiston fuqarolari taqdirlanadi[8]. | |||
Oʻzbekiston fuqarolari — Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Fashistlar Olmoniyasi ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ va „Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba uchun“ medali, harbiy xizmat uchun olingan boshqa orden va medallar bilan taqdirlangan urush faxriylariga beriladi. Urush yillaridagi xizmatlari uchun yoki urush qatnashchisi, Vatan urushi nogironi, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlarga, shu jumladan „Jasoratli mehnati uchun“ medallariga ega boʻlgan mehnat fronti aʼzolarining guvohnomalariga ega boʻlganlarga beriladi. 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida, „Mehnatdagi jasorati uchun“, „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali yoki 1941— 1945-yilgi urush davrida qurolli kuchlarda toʻliq shtatdagi maqomda boʻlgan tinch aholi vakillariga beriladi[9]. | |||
Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari kasbiy faoliyatidan qatʼi nazar, mustaqillikni mustahkamlash, davlatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qobiliyatini yuksaltirish, davlat chegarasi yaxlitligini taʼminlash; demokratik islohotlarni amalga oshirish; millatlararo doʻstlik va totuvlikni, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash; milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirish; sogʻlom va barkamol yosh avlodni shakllantirish, uni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun mukofotlanadilar[10]. | |||
Davlat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar mustahkamlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, yuksak kasb mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqat koʻrsatgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan, zaxiraga yoki harbiy xizmatga oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda qatnashgan nafaqadagilar, shuningdek harbiy va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki yaralangan hamda mayib boʻlgan harbiy xizmatchilar ham mukofotlanishi mumkin[11]. | |||
Oʻzbekiston fuqarolari — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish, doʻstlik va ahillik, yosh avlodni Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng koʻlamli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan faol va tashabbuskor fuqarolar, jamoat tuzilmalari vakillari taqdirlanadi[12]. | |||
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoxud yarador boʻlgan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadi[13]. | |||
mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilar, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar[14] | |||
mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilar, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar[15] | |||
mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilar, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar[16] | |||
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlat sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi[17] | |||
mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etgan, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari taqdirlanadilar[18] | |||
mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etgan, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari taqdirlanadilar | |||
mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, qishloq xoʻjaligining paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatayotgan, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etgan, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishayotgan, ularni qayta ishlash, saqlash, tayyorlash va eksport qilish ishlarida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari taqdirlanadilar[19] | |||
mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan va sohada fidokorona mehnati bilan namuna boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi[20][21] | |||
innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan[22] | |||
mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar[23][24][25][26] | |||
mamlakat aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilgan[27][28][29]. | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi[30][31][32] | |||
mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarga beriladi. Koʻkrak nishoni, istisno tariqasida, jahon miqyosidagi nufuzli koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek milliy madaniyati va san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarga, soha mutaxassislariga hamda madaniyat va san’at namoyandalariga, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan faxriy xodimlarning yubiley va tavallud kunlari munosabati bilan vazirlik buyrugʻiga asosan alohida muddatlarda ham topshirilishi mumkin[33] | |||
koʻkrak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadilar[34] | |||
respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilgan[35][36][37][38] | |||
jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan, milliy qadriyat va anʼanalarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va oliyjanoblik fazilatlarini ulugʻlab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga beminnat koʻmak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan koʻpchilikka alohida oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan[39][40] | |||
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin[41][42][43]. | |||
axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʻshgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targʻib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda bu yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etildi[44][45][46]. | |||
mamlakat oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanayotgan hamda atrof muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi[47][48][49] | |||
Oʻzbekistonda yashayotgan millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik muhitining mustahkamlanishiga hissa qoʻshgan, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyatida samarali hissa qoʻshgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, OAV va ijtimoiy soha vakillari hamda xorijda yurgan oʻzbekistonliklar taqdirlanadi[50][51] | |||
gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholini gidrometeorologik va iqlimiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tizim faoliyatiga zamonaviy axborot hamda sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini joriy etish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi[52] | |||
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida tas’sis etilgan[53][54][55] | |||
xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi[56][57][58][59] | |||
Hujjat kuchini yo'qotgan (05.07.2022) | |||
Hujjat kuchini yo'qotgan (05.07.2022) | |||
xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi | |||
oliy taʼlim sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi | |||
davlat iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlayotgan, mamlakat mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlashda, „Yangi Oʻzbekiston“ning yaratilishida alohida fidoyilik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsaida taʼsis etilgan[60][61] | |||
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.