O‘zbekistondagi agentlik From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA), toʻliq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — Oʻzbekistonda axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ. AOKA Oʻzbekistonda davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa tashkilotlar axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda matbuot kotiblarini attestatsiyadan oʻtkazadi[1].
Qisqartma | AOKA |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2-fevral 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Direktori | Asadjon Xodjayev |
Direktorning birinchi oʻrinbosari | Dilshod Saidjanov |
Direktor oʻrinbosari | Ulugʻbek Aʼzamov |
Direktor oʻrinbosari | Gʻayrat Bozorov |
Vebsayti | aoka.uz |
AOKA prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 2-fevraldagi „Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmonga muvofiq Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida tashkil etilgan. 2019-yil 4-fevraldan 2020-yil 29-yanvarga qadar Komil Allamjonov AOKA direktori vazifasini bajargan. 2020-yilning iyulidan beri agentlikka Asadjon Xodjayev rahbarlik qilib keladi[2].
AOKA tizimiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.