SSSR ittifoqdosh respublikasi From Wikipedia, the free encyclopedia
Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ozarbayjon SSR (ozarbayjoncha: Азәрбајҹан Совет Сосиалист Республикасы, ruscha: Азербайджанская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ozarbayjoni deb yuritiladi.
1920–1922 1936–1991 | |||||||||||||||
Maqom |
Yarim mustaqil davlat (1920—1922) Pridnestrovye FSSR tarkibida (1922—1936) Sovet Ittifoqi respublikasi (1936—1991) De facto suveren davlat (1989—1991) | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hukumat yetakchisi | |||||||||||||||
• 1920–1922 |
Nariman Narimanov (ilk) | ||||||||||||||
• 1990–1991 |
Hasan Hasanov (soʻnggi) | ||||||||||||||
| |||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud | Ozarbayjon |
Ozarbayjon SSR 1920-yilning 28-aprelida tuzilgan. 1922-yilgacha yarim mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan. 1922-yil Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1922-yilning dekabrida Zakavkazye SFSR yangi tuzilgan Sovet Ittifoqiga qoʻshilgan. 1936-yil 5-dekabrda Ozarbayjon SSR ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.
Ozarbayjon SSR poytaxti Boku shahri boʻlgan. Naxichevan ASSR, Togʻli Qorabogʻ Avtonom Okrugi Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan. Respublika 61 rayonga boʻlingan, 65 shahar, 120 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqillikka erishdi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.
Miloddan avvalgi 9-asrdan Ozarbayjon hududida Mana, Midiya, Atropatena, Kavkaz Albaniyasi degan qadimgi davlatlar boʻlgan. 3–10-asrlarda Eron, Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 9–16-asrlarda Shirvon va boshqa davlatlar tashkil topgan. 11–13-asrlarda ozarbayjon elati shakllangan. 11–14-asrlarda saljuqlar, moʻgʻullar, Amir Temur istilo qilgan.
16–18-asrlarda Safaviylar davlati tarkibida boʻlgan, Eron bilan Turkiya oʻrtasidagi kurash nuqtasiga aylangan. 18-asr oʻrtasidan boshlab 15 dan ortiq davlat hukm surib, ular Eronga qaram boʻlgan.
1813- va 1828-yillarda Ozarbayjonning shimoliy qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxiriga kelib Boku yirik sanoat markaziga aylangan. 1904-yili RSDRIning iskrachi komiteti tuzilgan. 1917-yil noyabr oyida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan va Boku kommunasi vujudga kelgan. 1918-yil yozida ingliz-turk intervensiyasi boshlanib, hokimiyat musovotchilar qoʻliga oʻtgan. Qizil armiya qoʻllovi bilan mamlakatda Sovet hokimiyati tiklangan.
1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR eʼlon qilingan. Oʻsha yili Ozarbayjon Kompartiyasi tashkil etilgan. 1922-yil 12-martdan Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1936-yil 5-dekabrda ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.
1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqilligini eʼlon qildi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.