From Wikipedia, the free encyclopedia
Owen D. Young (1874-yil 27-oktyabr – 1962-yil 11-iyul) amerikalik sanoatchi, biznesmen, huquqshunos. 1929-yilda Ikkinchi Reparatsiya Konferentsiyasida (SRC) Germaniya xalqaro komissiyasining aʼzosi sifatida diplomatlik vazifasini bajargan[1].
Owen D. Young | |
---|---|
Owen D. Young (1928-yil) | |
Tavalludi |
27-oktyabr 1874-yil Stark, New York, AQSh |
Vafoti |
11-iyul 1962-yil (87 yoshda) St. Augustine, Florida, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
U „Young Plan“ (Germaniyaning Birinchi Jahon urushi uchun tovon toʻlash rejasi) va Amerika Radio Korporatsiyasi (RCA)ni yaratishi bilan mashhur. Young 1919-yilda General Electric shoʻba korxonasi sifatida RCAga asos soldi. U korporatsiyaning birinchi raisi boʻldi va bu lavozimda 1929-yilgacha oʻz faoliyatini yuritdi. RCA 1932-yilda bekor qilindi va 1986-yilda GE tomonidan tugatildi.
Owen D.Young 1874-yil 27-oktabrda Stark, New York shaharchasining Van Hornesville qishlogʻidagi kichik fermada tugʻilgan. Uning ota-onasi Jacob Smith Young va Ida Brandowlar bobosi egalik qilgan ushbu fermada ishlashgan. Owen oilada yolgʻiz farzand edi, ota-onasi u tugʻilishidan oldin toʻngʻich oʻgʻlidan ayrilgan boʻlib, uning tugʻilishi oilasiga quvonch keltirdi.
Owen ilk marta 1881-yilning bahorida maktabga bordi. U olti yoshda boʻlib, doimo kitob oʻqishga, ilm olishga intilgan. Uning Menzo McEwan ismli oʻqituvchisi boʻlib, unga yillar davomida tahsil bergan, Owenning East Springfildga borishi uchun mas’ul boʻlgan Albatta, u yer Van Hornesvillega unchalik yaqin emas edi, ammo uning yaqinida oʻrta maʼlumot olish imkoniyati kam edi. Owenning ota-onasi uning taʼlim olishga intilishini qoʻllab-quvvatlab, keyinchalik uni Canton, Nyu-Yorkdagi St. Lawrens universitetiga yuborish uchun fermani garovga qoʻyishadi[2].
U 1898-yil 13−iyunda Southbridge, Massachusettsda Josephine Sheldon Edmonds(1870–1935) bilan oila quradi. Josephinening vafotidan bir necha yil oʻtgach, u moda dizayneri va ishbilarmon ayol Louise Powis Clark (1887–1965)ga uylandi[3].
East Springfild akademiyasi kichik qoʻshma taʼlim maktabida tahsil oldi[4]. St. Lawrence pulga muhtoj boʻlgan talabalar uchun kichik institut boʻlib, Owen Young institut uchun yaxshi nomzod edi. Young 1890-yil sentyabr oyidan boshlab St. Lawrence University talabasi boʻldi va 1894-yil 27-iyunda bitirdi. U Boston universitetidagi uch yillik huquq kursini ikki yil ichida (1896-yilda) tamomlagan.
Young 1911-yilda GEga qarshi muvaffaqiyatli sud jarayonida Stone va Webster vakili boʻlgan va shu orqali General Electric kompaniyasining birinchi prezidenti Charles A. Coffin eʼtiboriga tushgan. 1912-yil aprel oyida GE bosh maslahatchisi Hinsdill Parsons vafotidan soʻng, Coffin Youngni kompaniyaning bosh maslahatchisi boʻlishga taklif qildi va Young Schenectadyga oʻtdi. U 1922-yilda GE prezidenti boʻldi va oʻsha yili inauguratsion rais etib tayinlandi. Bu lavozimda 1939-yilgacha faoliyat yuritdi. Uning rahbarligi davrida prezident Gerard Swope bilan hamkorlikda GE keng koʻlamli maishiy elektr jihozlarini ishlab chiqara boshladi. Tez orada kompaniya ushbu sohada AQShda yetakchi boʻldi va fermalar, fabrikalar va transport tizimlarini ommaviy elektrlashtirishni tezlashtirdi.
1919-yilda hukumatning iltimosiga binoan u Amerika Radio Korporatsiyasini (RCA) tuzdi. U 1929-yilgacha korporatsiya raisi lavozimida ishladi va radioning rivojlanib borayotgan texnologiyasi boʻyicha Amerikaning yetakchiligini oʻrnatishga yordam berdi va RCAni dunyodagi eng yirik radio kompaniyasiga aylantirdi[5].
Owen Young 20 dan ortiq kollejlarning faxriy unvonlar bilan taqdirlangan. U Amerika falsafa jamiyati va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi edi[6][7]. U 1981-yilda Junior Achievement AQSh biznes shon-shuhrat zaliga va 2019-yilda isteʼmol texnologiyalari shon-sharaf zaliga kiritildi.
U 1962-yilning 11-iyulida Floridada bir necha oy davom etgan ogʻir kasallikdan vafot etdi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.