From Wikipedia, the free encyclopedia
Organ (yun. organon – qurol, asbob) – damli klavishli musiqa cholgʻu asbobi. Turli oʻlchamdagi (yogʻoch va metall) trubalar toʻplamidan, pnevmatik tizim (havo haydovchi qurilma va havo oʻtkazgichlar)dan va boshqarish minbaridan tashkil topgan. Bir qancha klaviaturalari, manuallari (qoʻl bilan bosish uchun) va pedallari (oyoq bilan bosish uchun) boʻladi. XIV asrdan organ Gʻarbiy Yevropada avval cherkov, keyinchalik dunyoviy cholgʻu asbobi sifatida keng tarqalgan. Asosan, yakkanavoz musiqa asbobi sifatida ishlatiladi. J. Freskobaldi, F. Kuperen, G. Pyorsell, Ya. Svelink, I. S. Bax, F. Mendelson, F. List, M. Reger, S. Frank, 20-asrda B. Britten, P. Xindemit, O. Messian, A. Onegger va boshqalarning organ uchun yaratgan asarlari mashhur. Oʻzbekistonda organ uchun birinchi asarlarni G. Mushel yozgan (Syuita, 1947; Organ va violonchel uchun poema, 1948 va boshqalar). Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida organ sinfi mavjud. Oʻzbekiston ijrochilaridan R. Karimova, T. Levina va boshqalar tanilgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.