From Wikipedia, the free encyclopedia
Oqtepasoy — Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi soy. Nurota tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 60 km, havzasining maydoni 715 km². Yuqori oqimida Shagʻalsoy nomi bilan jan.-sharqqa, soʻngra jan.-gʻarbga oqadi. Oʻrta oqimida Pangatsoy bilan qoʻshilib Qoʻshrabotsoyni, Gʻujumsoy bilan qoʻshilib Oqtepasoyni hosil qiladi. Oqtepasoy Ishtixon tumani hududida Oqsaryoga quyiladi. Vodiysida tor daralar, tik qoyali yon bagʻirlar, koʻhna qayirlar uchraydi. Vo-diysining kengligi bir necha yuz metrdan 2 km gacha.
Oqtepasoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 60 |
Davlat | Oʻzbekiston, Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Soy, asosan, mavsumiy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,15 m³/sek., oqim moduli 1,6 l/sek, km². Yoz va kuzda suvi keskin kamayib ketadi. Oqtepasoyning 60 dan ortiq (umumiy uz. 150 km) irmoqlari bor. Yiriklari: Pangatsoy, Qizilolmasoy, Shovvasoy, Gʻujumsoy va boshqa Soy vodiysida kamyob hayvonlar (arhar, kaklik, qobon va boshqalar) va oʻsimliklar uchraydi. Soydan Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanlari xoʻjaliklari sugʻoriladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.