Operetta (ital. operetta — kichik opera) — musiqaviy sahna asari. Dramaturgiyasi vokal va cholgʻu musiqa, raqs qamda dialoglarning estrada sanʼati elementlari bilan uzviy bogʻlanishiga asoslangan. O.ning musiqiy jarayoni negizi naqarotli qoʻshiq va raqsdan iborat. Har bir tugal sahnaning kulminatsiyasini, odatda, muayyan ommabop raqs tashkil etadi (galop, kankan vals, chardash va boshqalar) O.da opera vokal shakl (ariya, duet, ansambl, xor kabi)lari ham qoʻllanadi, lekin ular birmuncha soddaligi va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bosh gʻoya bayoni va rivoji asosan musiqa orqali ifodalanishi tufayli O. turli xalqlar madanyyatiga xos musiqali sahnaviy janrlar (fransuzcha vodevil, nemischa va avstriycha zingshpil va boshqalar) alomatlarini ham mujassam etgan. Mustaqil janr sifatida O. 19-asr oʻrtalarida Parijda yuzaga kelgan (J. Offenbaxning "Orfey doʻzaxda", 1858). Uning dastlabki namunalari, asosan, hajviy yoʻnalishda boʻlgan. Keyinchalik, O.ga lirik ohanglar ham kiritildi. Fransuz kompozitorlaridan Sh. Lekok, E. Odran va R. Planketlar O. janrida ijod qilishgan. Offenbax ijodi taʼsirida 19- a. oxirlarida F. Zuppe, I. Shtraus (oʻgʻli) va K. Millyoker kabi kompozitorlar tomonidan Vena O.si yaratildi. A. Salliven va S. Jons 19-asr ingliz O.sining yirik namoyandalari edi. 20-asr boshlarida venger kompozitorlari F. Legar va, ayniqsa, I. Kalman O. rivojiga katta hissa qoʻshishdi. 1920-yillarda AQShda O. taʼsirida myuzikl janri yuzaga keldi. Oʻzbekistonda O. janrining rivoji 20-yillarda Rus opera va balet teatri, Samarqand operetta teatri (1938— 40), keyinchalik esa Toshkent operetta teatri (1971-yildan) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Bu teatrlarda, asosan, O. ning mumtoz (I. Shtraus, I. Kalman, F. Legar), shuningdek, zamonaviy (A. Jurbin, K. Listov va boshqalar) namunalari qoʻyildi. 1970-yildan boshlab maz-kur sanʼatga Oʻzbekiston kompozitorlari ham eʼtibor qaratmoqda (E. Solihovning rus tilida sahnalashtirilgan "Xoʻja Nasriddin", "Oygul pari sovgʻalari", "Parol — "Sharq yulduzi", A. Ergashevning "Mittivoy", P. Holiqovning "Krrbobo va Santa Klaus" kabi asarlari).

Adabiyot

  • YuldashevaS, U istokov klassicheskoy operetti, T., 1976.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.