From Wikipedia, the free encyclopedia
"Oloy" dehqon bozori — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Toshkent shahridagi yirik bozorlardan biri. 1996-yil 13-martdan „OAJ“ga aylantirilgan. „Toshbozor-tayyorlovsavdo“ uyushmasi tizimiga kiradi.
Oloy dehqon bozori | |
---|---|
Joylashuv | 100084, Amir Temur koʻchasi, 40, Yunusobod tumani, Toshkent |
Turi | Bozor |
Ochilish sanasi | 1928-yil |
Vebsayt | oloy-bozori.uz |
Xarita |
Bozor tarixi XII asrlarga borib taqaladi[1]. Bozorga ushbu maskanga yaqin bo'lgan hududda joylashgan tog' nomi berilgan[1]. Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi savdo karvonlari oʻzaro tijorat qilishi uchun xizmat qilgan. Bozorga 1928-yilda asos solingan. Bir necha marta taʼmirlangan, oxirgi marta „Tashgiprogor“ loyiha instituti tomonidan tayyorlagan loyiha asosida 1993-yilda toʻla taʼmirdan chiqqan. 2006-yilda esa 250 savdo oʻrinli hoʻl mevalar sotish rastasi rekonstruksiya qilindi, 72 ta gul savdo doʻkonlari, 2007-yil issiq non yopib beruvchi novvoyxona qurildi.
Bozorda axoliga oldi-sotdini qulaylashtirish maqsadida har bir mahsulot turlari uchun alohida joy ajratilgan rastalar tashkil etilgan. Umumiy maydoni 79238 m², savdo oʻrinlari soni 1453 ta, hoʻl va quruk mevalar, sabzavotlar, tropik mevalar, issiqxonada yetishtirilgan pomidor, bodring, don mahsulotlari, ziravor va dorivor, asal, tuxum, koʻkatlar va boshqalar bilan sadvo qilinadi.
Bozor yaqinida Abdulla Qodiriy va Yunus Rajabiy metro bekatlari, bosh pochta markazi, „Dedeman silk Road Tashkent“ mexmonxonasi, „Turon“ toʻyxonasi, „Toshshaxar- transxizmat“ uyushmasi bor[2].
Bozorningjanubiy qismida Usmon Nosir koʻchasi, gʻarbiy qismida Amir Temur koʻchasi joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.