Texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri{{sfn|Ummatov R|2022|p=186}} From Wikipedia, the free encyclopedia
Olimjon Karimov (1926-yil; Namangan shahri — 2008-yil) — Texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri[1].
Olimjon Karimov | |
---|---|
Tavalludi |
1926-yil |
Vafoti | 2008-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Olimjon Karimov 1926-yilda Namangan shahrida tavallud topgan[2]. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, soʻngra Moskvada aspiranturada tahsil olgan. U bir muddat ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1953 — 1955-yillarda Toshkent viloyati partiya komitet kotibi lavozimida ham faoliyat koʻrsatgan.
Shundan soʻng Olimjon Karimov Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tekshirish institutida (1955 — 1957), Davlat texnika qoʻmitasining paxtachilik mexanizatsiyalash boʻlimida (1957 — 1959), Respublika Fanlar akademiyasining mexanika institutida (1959 — 1964), Oqqoʻrgʻon ilmiy-tarjiba xoʻjaligida (1964 — 1968) nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borgan.
U maxsus paxta terish mashinalari shubasiga rahbarlik qiladi. Olimjon Karimov „ANTX-1.2U“ paxta terish mashinalarining geometrik va mexanik koʻrsatkichlarini ilmiy asoslash mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 70-yillardayoq 40 dan ortiq ilmiy asar va ixtirolar muallifiga aylangan.
Olimjon Karimov 1981 — 1984-yillari Toshkent davlat politexnika institutining Namangan filialida direktor, u mustaqil institutga aylangandan soʻng rektor (1984 — 1985) boʻlib ishlagan. 1985-yilda „Agronauchtexmash“ shirkatini tashkil etib unga rahbarlik qilgan. U 1990-yili isteʼfoga chiqgan.
Olimjon Karimov 2008-yili vafot etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.