Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat organi From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat organi hisoblanadi[1]. Devon Prezident tomonidan shakllantiriladi, unga boʻysunadi va bevosita unga hisobdor. Devon oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Turi | davlat boshqaruv organi |
---|---|
Maqomi | amalda |
Ishga tushgan sanasi | 1991 |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 1-uy |
Prezident yordamchisi | Saida Mirziyoyeva |
Prezident yordamchisi | Aziz Magʻrupov |
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov |
Vebsayti | president.uz |
Oʻzbekiston Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlaydi. Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari soʻzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratadi. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan kadrlarga oid davlat siyosatini, davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini taʼminlaydi. Davlatning ichki va tashqi siyosati asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini muhofaza qilish, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamjihat ishlashini taʼminlaydi. Qonuniylik va huquq-tartibot, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini taʼminlaydi. Nodavlat-notijorat tashkilotlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi, ularga oʻz ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirishlariga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishi kafolatlarini taʼminlaydi. Fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish borasida hamkorlik qiladi. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati hamda tendensiyasini tahlil qilish, uning natijalari boʻyicha samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini oʻtkazish, ilm-fanni, madaniyatni, taʼlimni, sogʻliqni saqlashni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Prezident huzuridagi tuzilmalarning, uning vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi maslahat va kengash organlarining faoliyatini tashkil etadi. Prezident faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy hamda protokol jihatidan taʼminlaydi. Oʻzbekiston Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi[2].
Devon oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Devonning ish faoliyati mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, Devon tarkibiy tuzilmalarining ish rejalari asosida tashkil qilinadi. Devon va uning boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Devonning boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Yordamchi xodimlar Devonning Ishlar boshqaruvchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Devon xodimlarining funksional majburiyatlari Devonning tegishli tuzilmalari rahbarlari tomonidan belgilanadi. Devon xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi. Devon xodimlari avvalgi ish joyida xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan va lavozim maoshi hamda boshqa toʻlovlar saqlangan holda, foydalanadi. Devonda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi. Devonda ishlangan davrda harbiy va maxsus unvonlarni berish tegishli harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan vaqt oʻtgandan soʻng avvalgi ish joyida belgilangan tartibda Devonning tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi. Devon xodimlariga ularning mehnat faoliyati tugatilgandan soʻng, avvalgi ish joyida egallagan lavozimi yoki shunga teng lavozim taqdim etilishi kafolatlari taʼminlanadi, bundan xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolganligi yoxud mehnat vazifalarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno. Devon yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.