Oʻskemen
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining markazi. From Wikipedia, the free encyclopedia
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining markazi. From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻskemen (qozoqcha: Өскемен) — Sharqiy Qozogʻiston viloyatining markazi. Shahar poydevori 1720-yili Irtish va Ulbi daryosining yoqasida qurilgan. Qozogʻistonning sharqiy qismida joylashgan, maydoni 54,4 ming ga yerni egallaydi. Iqlimi kontinental. Shahar aholisi 309 534 kishini tashkil qiladi. Hozirgi kunda Oʻskemenda 76,8 ming nafaqadagilar (umumiy aholi sonining 23,9 % tashkil qiladi), uning 2476 — Ulugʻ vatan urushi faxriylari.
Oʻskemen qozoqcha: Өскемен | |
---|---|
shahar | |
49°57′0″N 82°37′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Sharqiy Qozogʻiston Viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Jaqsiliq Muqashuli Oʻmar |
Asos solingan | 1720 |
Maydon | 210 km2 (81 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Aholisi (2012) |
309 534[1] |
Milliy tarkib |
ruslar 53,20 % qozoqlar 42,50 % olmonlar 1,24 % ukrainlar 1,13 % tatarlar 1,09 % ozarbayjonlar 0,23 % koreyslar 0,23 %[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7232 |
Pochta indeks(lar)i | F0***** |
Avtomobil kodi | F, 16 |
|
Oʻskemen shahri — mustaqil Qozogʻistonning chiroyli shaharlarining biri. Davlat amali QR Qomusiga binoan qonunni, ijro etish sud organlari prinsiplariga asoslangan. Shahardagi qonunni Maslixat amalga oshiradi. Uning tarkibida 25 deputat bor. Sud mansabini Oʻskemen shahar sudi va arbitraj sudi amalga oshiradi.
Shahar aholisining soni 2012-yil 1-fevraldagi maʼlumot boʻyicha 321 ming kishini tashkil qiladi. Shahar aholisining soni kamayib bormoqda, buning asosiy sababi slavyan xalqlari chet ellarga koʻchib ketishidir. Hozirgi kundagi shahar aholisining milliy tarkibi quyidagi jadvalda berilgan:[3]
yil | aholi oʻsishi |
---|---|
1720 | 114 |
1725 | 141 |
1825 | 1304 |
1840 | 2101 |
1855 | 3471 |
1861 | 3334 |
1897 | 8721 |
1900 | 12676 |
1907 | 13164 |
1920 | 17200 |
1939 | 21100 |
1959 | 150400 |
1970 | 230400 |
1979 | 274400 |
1989 | 324500 |
1993 | 341800 |
2005 | 302200 |
2007 | 298830 |
2009 | 314812 |
2011 | 318812 |
Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshin,rux, titan,magniy kombinatlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixozlari), kondensatorlar, priborlar ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Sement, gʻisht, uysozlik, temirbeton buyumlar zavodlari, qurilish materiallari kombinati ishlab turibdi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, vino kombinatlari, moyekstraksiya va pivo zavodlari), yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida Oʻskemen suv ombori, Oʻskemen GES qurilgan.
XVII asrlarda rus hukumati Irtish daryosi yoqalab yuqori oʻsish uchun bir necha qadamlar tashladi. Bu voqealarning bir necha sabablari bor:
Qamalni Ulbining Irtish daryosiga quyiladigan qismida tashkil etish rejalandi. Otryadning komandiri gvardiya mayori Ivan Mixaylovich Lixarev imperator Pyotr I-ga „raport“ yozdi. 1720-yilgi 12-17-avgust oylari qamalning qurulishi boshlandi. I.M. Lixarev podpolkovnik Stupinning boshqaruvi bilan 363 kishidan iborat garnizon qoldirdi. Qurulishga injener Letranje bosh-qosh boʻldi.
Vaqt oʻtishi bilan qamalning atrofida aholi yashay boshladi. Qishloq boʻlib, undan keyin stanitsa boʻldi. Stanitsa 1804-yildan keyin shaharcha deb atala boshladi. 1868-yili Oʻskemenga shahar mavqeyi berildi. Shaharda savdo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlana boshladi. Keyinchalik yengil sanoat rivojlana boshladi, temir yoʻl qurulishi boshlandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida ogʻir sanoat rivojlandi[4].
Shaharda:
„Yubileyniy“, „Exo“ kinoteatrlari.
Jambul nomidagi drama teatr.
3-ta madaniyat uyi va istirohat bogʻi mavjud
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.