From Wikipedia, the free encyclopedia
Novda (cormus) — yuksak oʻsimliklar — daraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. N. ildiz sistemasi bilan birgalikda qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N.si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi N. oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) N.lar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda N. yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.