Nijniy Novgorod
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nijniy Novgorod (1932—90-yillarda Gorkiy) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik daryo porti, temir yoʻl tuguni. Aholisi 1367,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, „Metallist“ va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari, „Krasnoye Sormovo“, dizelsozlik, aviasozlik, aloqa apparaturasi, televizor va boshqa zavodlar) yirik markazi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985-yildan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 teatr, badiiy, Maksim Gorkiy, Nikolay Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona bor. Shaharga 1221-yilda asos solingan. 1341—92-yillarda Nijniy Novgorod Suzdal knyazligining poytaxti. 1611—12-yillarda Nijniy Novgorodda Kuzma Minin va knyaz Dmitriy Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719-yildan gubernya markazi. 19—20-asr boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bugʻdoy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka oʻtkazilib kelinmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml (16—17-asrlar), Blagoveshchensk monastiri (17-asr), Pechyora monastiri (17-asr), Smolenskaya (17-asr oxiri) va Rojdestvenskaya cherkovlari saqlangan[3].
Nijniy Novgorod ruscha: Нижний Новгород | |
---|---|
Federal okrugning maʼmuriy markazi | |
55°45′21″N 37°37′04″E | |
Mamlakat | Rossiya |
Hukumat | |
• Mer | Yuriy Shalabaev |
Asos solingan | 1221 |
Ilk eslatilishi | 1221 |
Maydon | 4,665[1] km2 (1,801 kv mi) |
Markazi balandligi | 200 m |
Rasmiy til(lar)i | ruscha |
Aholisi (2017) |
1 269 324 |
Zichligi | 3084,81 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar 93,93 tatarlar 1,33% mordvalar 0,58% ukrainlar 0,53%[2] |
Konfessiyaviy tarkib | Xristianlar, Musulmonlar v.h |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +7 831 |
Pochta indeks(lar)i | 603000—603999 |
Avtomobil kodi | 52, 152 |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.