Nigina Amonqulova

From Wikipedia, the free encyclopedia

Nigina Amonqulova

Nigina Amonqulova (tojikcha: Нигина Амонқулова; 1986-yil 30-yanvarda Tojik SSRning Panjakent shahrida dunyoga kelgan) – tojik estrada xonandasi, Tojikiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti[1][2]. Tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur milliy taronalarni ijrochilarning biridir.

Qisqa faktlar tojikcha: Нигина Амонқулова, Tavalludi ...
Nigina Amonqulova
tojikcha: Нигина Амонқулова
Thumb
Tavalludi Nigina Amonqulova
30-yanvar 1986-yil (1986-01-30) (39 yosh)
Janrlar Pop musiqa, Retro
Kasbi qoʻshiqchi
Fuqaroligi Tojikiston
Mukofotlari
Yopish

Biografiyasi

Nigina Omonqulova 1986-yil 30-yanvarda Leninobod viloyatining Panjakent shahrida tugʻilgan[3]. Niginaning onasi hisobchi, otasi haydovchi. Niginaning toʻrt nafa akasi bor[4]. Nigina Tibbiyot instituti talabasi sifatida shahardagi madaniy tadbirlarda qatnashgan[5][6]. „Andaleb“ shahar festivalida u „Muxabbat – baxti xondoni“ qoʻshigʻini ijro etgan. keyinchalik Dushanbeda oʻtkazilgan „Andaleb“ festivalida Penjakent ansambli tarkibida ishtirok etgan va „Ranchida nigoram omad“ qoʻshigʻi uchun bosh sovringa sazovor boʻlgan[7]. Nigina Dushanbega koʻchib oʻtganidan soʻng tojik xalq qoʻshiqlarini „retro“ uslubida ijro eta boshlagan. Qisqa vaqt ichida qoʻshiqchi butun Tojikiston boʻylab mashhur boʻlgan. Xonanda odatda tojik milliy liboslari asosida yorqin liboslarda chiqish qiladi.

Xonanda bastakor Sirojiddin Fozilov, Saidqul Bilolov, Sharif Bedaqovlar bilan hamkorlik qiladi. Studiyada ovoz muhandislari Alisher Zarikov va Olim Shirinovlar bilan hamkorlik qiladi[8].

Diskografiya

  1. Nikoh sevgisi
  2. Koʻrinish asiri
  3. Retro
  4. Yomgʻir
  5. Soddadil
  6. Dilnoma
  7. Oltin top kolleksiyasi
  8. Badaxshon

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.