From Wikipedia, the free encyclopedia
Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978)[2].
Nazar Matkarimovich Matchonov | |
---|---|
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi | |
Mansab davri 28-dekabr 1970-yil – 1978-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Yodgor Nasriddinova |
Vorisi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1923-yil Xiva, Xorazm[1]. |
Vafoti |
30-iyul 2010-yil (87 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Hunarmand oilasida tugʻilgan.
1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).
1949-1959 yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillar-Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan.
1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.