From Wikipedia, the free encyclopedia
Natriy gidroksid (oʻyuvchi natriy, kaustik soda), NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 323°, qaynash temperaturasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 65,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. N.g. natriy metali va natriy gidritni eritadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Osh tuzining suvdagi eritmasi (na-makob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.