Namibiya (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) — Afrikaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Vindxuk shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman (district)ra boʻlinadi.

Qisqa faktlar Republic of Namibia, Poytaxt ...
Namibiya Respublikasi
Republic of Namibia
Thumb
Bayroq
Thumb
Gerb
Shior: Unity, liberty, justice
Madhiya: "Namibia, Land of the Brave"
Thumb
Poytaxt Vindxuk
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 Prezident
Hifikepunye Pohamba
Mustaqillik (Janubiy Afrikadan)
 Sana
21 mart 1990
Maydon
 Butun
825,418 km2 (34-oʻrin)
Aholi
 2002-yilgi roʻyxat
2,030,692 (144-oʻrin)
 Zichlik 2/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
 Butun
AQSh$16,580 mil. (120-oʻrin)
 Jon boshiga
AQSh$8,165
Pul birligi Namibian Dollar (NAD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
 Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma WA
Telefon prefiksi 264
Internet domeni .na
Yopish

Davlat tuzumi

Namibiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-yil 9-fevralda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990-yildan Sem Nuyoma). Konstitutsiyaga binoan u umumiy toʻgʻriovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Ammo konstitutsiyaga 1998-yilda kiritilgan tuzatishga muvofiq Sem Nuyoma uchun prezident lavozimida boʻlish muddatini cheklash bekor qilindi. Konun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament (Milliy assambleya va Milliy kengash). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi.

Tabiati

Namibiyaning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 900–1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiqlar mavjud. Eng baland joyi 2600 m.(Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shimoliy chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. Namibiyaning markazi va janubidagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganets, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xam qazib olinadi.

Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 18—27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10–15 mm., shimoli-sharqida 500 – 700 mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. Namibiya hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitog'liklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarning ayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi.

Aholisi

Namibiya tub joy aholisining aksari qismi bantu tillari oilasiga mansub elatlardan iborat. Gottentot, togʻlik damara va bushmenlar ham yashaydi. Yevropaliklar aholining 7%ni tashkil etadi. Rasmiy tili - ingliz tili. Axrlining 90% xristianlar, qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 25%. Yirik shaharlari: Vindxuk, Uolfish-Bey, Sumeb, Kitmansxup, Ochivarongo.

Tarixi

Qadim zamonlarda Namibiya hududida ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini terish bilan shugʻullanuvchi bushmenlar, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanuvchi gottentotlar hamda togʻlik damaralar yashagan. Taxminan 16-asrdan Namibiya hududiga bantular (gerero, ambo, kavango, yeye, tsvana va boshqalar) kirib kela boshladi. Gererolarning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. 18-asr oxirlarida ularni dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi ambolar jan.ga surib yubordi. Namalar bilan togʻlik damaralar (gottentotlarning bir guruhi) esa mamlakat janubida oʻrnashib oldi. 19-asr boshlarida Kap mustamlakasidan koʻchib kelgan orlamlar koʻpgina gerero qabilalarini oʻzlariga boʻysundirib oldi. Hozirgi Namibiya sohiliga dastlab 1484-yilda portugal dengizchilari kelib tushganlar, shundan soʻng bir necha asrgacha yevropaliklar bu yerlar bilan deyarli qiziqmaganlar. Faqat 1802-yildan inglizlar Oranj daryosidan shim.roqda oʻzlarining dast-Vindxuk shahri koʻchalarida.labki missiyalarini tuzdilar. 1878-yilda Buyuk Britaniya Okaxanjada qalʼa qurib, Uolfish-Bey atrofini oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1884-yilda Germaniya Namibiya hududini Germaniya Jan.-Gʻarbiy Afrikasi (JGʻA) nomi bilan oʻzining protektoratiga aylantirdi. Mustamlakachilar oʻz hukmronligini oʻrnatishda afrikalik qabila boshliqlarining oʻzaro adovatidan foydalan-dilar. Gottentot, mbanderu va koua qabilalari mustamlakachilarga eng koʻp qarshilik koʻrsatdilar. Birinchi jahon urushi davri (1914—18)da JGʻAni Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) bosib oldi. Urushdan keyin u Millatlar Ligasi ixtiyoridagi mandatlar tarkibiga kiritildi. 1920-yilda JGʻAni boshqarish mandati JAIga berildi. Shu vaqtdan JAIdagi irqiy tartiblar JGʻAga ham joriy boʻldi. 1925-yilda JGʻAda Qonun chiqaruvchi assambleya tuzilib, deputatlikka faqat oq tanlilar saylandi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin barcha mandat hududlari BMTning xalqaro vasiyligi tarkibiga kiritilishiga qaramay, JAI (1961-yildan - JAR) JGʻAni BMT vasiyligiga berishdan bosh tortib keldi. 1949-yilda esa bu hududni JARning viloyati deb eʼlon qildi. 1946-yildan JGʻA masalasi BMTning turli organlarida muhokama qilinib, JARning JGʻAga nisbatan mustamlakachilik siyosati qoralandi.

1966-yilda Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyusiyada JGʻA xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilish va mustaqillikka boʻlgan huquqlari qayd qilin-di, JGʻAni boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967-yilda JGʻAni boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990-yilgacha Namibiyani JAR boshqardi). 1968-yilda BMT Bosh Assambleyasi JGʻA xalqining istagini hisobga olib, JGʻA nomini Namibiya deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va BMTga aʼzo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga daʼvat etdi.

1960-yilda tuzilgan SVAPO (Janubi-Gʻarbiy Afrika xalq tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-yillarning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U N.ga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990-yil 21-martda Namibiya mustaqil deb eʼlon qilindi va Namibiya Respublikasi deb yuritila boshladi. Namibiya — 1990-yildan BMT va Afrika Birligi tashkiloti aʼzosi. 1991-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 21-mart — Mustaqillik eʼlon qilin-tan kun (1990).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Janubi-Gʻarbiy Afrika xalq tashkiloti (SVAPO), partiya, 1960-yilda asos solingan; Turixalle demokratik alyansi, partiya, 1977-yilda tuzilgan; Demokratlar kongressi, partiya, 1999-yilda tashkil etilgan; Birlashgan demokratik front, 1989-yilda tuzilib, 1993-yilda partiyaga aylantirilgan. Namibiya ishchilari milliy ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1971-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi

Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iqtisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kg oltin, 90 tonnadan ziyod kumush, 72 ming tonna rux, 33 ming tonna mis, 35 ming tonna qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, qalay, marganets, volfram, vanadiy, oltingugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr stansiyalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan.

Konchilikka bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan zavodlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan zavodlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan fabrika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud.

Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xoʻjaliklari ustun. Qorakoʻlchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Qoramol ham boqiladi. Mamlakat hududining 46% oʻtloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sunʼiy sugʻorishsiz ekin ekishga yaroqli. Bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz boʻyi aholisi baliqchilik bilan shugʻullanadi.

Temir yoʻllar uzunligi 2,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 41,9 ming km, shundan qattiq qoplamali yoʻllar — 4,5 ming km. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderits. Vindxuk yaqinida xalq-aro aeroport bor. Oʻz mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, goʻsht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-us-kuna, keng isteʼmol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSH. Pul birligi — Namibiya dollari.

Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yoʻlga qoʻyila boshladi. Vindxukda Texnika kolleji bor. Il-miy muassasalari: Vindxukda Ilmiy jamiyat, Meʼmorlik instituti, Uolfish-Beyda Ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda qishloq xoʻjaligi departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderits shahrida muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Namibiyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung" ("Umumiy gazeta", nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1915-yildan), "Namib tayme" ("Namib vaqti", ingliz, nemis, afrikaans va por-tugal tillarida haftada 2-marta chikadigan gaz., 1958-yildan), "Namibian" ("Namibiyalik", ingliz tilida chika-digan gaz., 1985-yildan), "Nyu ira" ("Yangi davr", ingliz tilida haftada 2-marta chiqadigan hukumat gaz.), "Republikeyn" ("Respublikachi", afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1977-yildan), "Namibiya tudey" ["Bugungi Namibiya", ikki haftada 1-marta Luanda (Angola)da chika-digan jurnal, 1977-yildan], "SVAPO informeyshn bulletin" ("SVAPO axborot byulleteni", oyiga 1-marta chikali). Namibiya axborot agentligi (NAMPA) 1987-yilda tashkil etilgan. Namibiya radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va telekoʻrsatuv mahkamasi, 1979-yilda tuzilgan.

Xalq sanʼati

Namibiya hududidan qad. qoya rasmlari topilgan. Ular maʼdan boʻyoqlar bilan yoki oʻyma usulda bajarilgan. Bir necha ming yillar avval bushmenlar va ularning ajdodlari chizgan bu rasmlarda xilma-xil hayotiy voqealar (ov va jang manzaralari, diniy marosimlar, afsona qahramonlarining ishlari) tasvirlangan. 1907-yilda Brandberg togʻi yaqinidagi Maak gʻoridan topilgan qoya naqshi jahonga mashhur boʻlib, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga mansubligi aniklandi va u "Oq ayol" deb nomlandi. Namibiyada anʼanaviy turar joylar ibtidoiy (doira shaklidagi devorlari oʻt, shox-shabba, hayvon terilari bilan yopilgan) chaylalardan iborat. Chayla oʻrtasiga ustun qoʻyilib, tomi poxol bilan yopiladi. Namibiyada badiiy hunarmandchilik (kulolchilik, kashtachilik), metalldan qurol, zeb-ziynat (taqinchoq va hokazo) yasash keng tarqalgan.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.