From Wikipedia, the free encyclopedia
Najmiddin kubro maqbarasi — Koʻhna Urganchdagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr 20—30-yillari). Sufiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bogʻliq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sagʻanasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari boʻlgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli, oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan, Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va sagʻana oq, koʻk, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bagʻali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toqu ravoqli, ganchkori muqarnaslar bilan bezatilgan. Xona oʻrtasidagi sagʻana oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm meʼmoriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qoʻllangan. N.Najmiddin kubro maqbarasida Xorazm meʼmorligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutuqlar namoyon boʻlgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.