Naftalin (yun. naphtha — neft), S|0N8 — aromatik uglevodorod; konden-satlangan 2 ta benzol halqasidan tuzilgan. Rangsiz, oʻziga xos hidli plastinkasimon kristall. Mol. m. 128,2, suyuqlanish temperaturasi 80,3°, qaynash temperaturasi 218°. Zaharli, zichligi 1025 kg/m3. Suvda oz, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Toshkoʻmir chirki (dyogoti)dan olinadi. Naftalin koʻpgina organik yarim mahsulotlar, boʻyagichlar (naftollar, naftilaminlar va ularning sulfokislotalari), plastifikatorlar, suyultirgichlar, sirt faol moddalar va boshqa olishda boshlangʻich mahsulot hisoblanadi. Naftalinning yaqin gomologlaridan — metilnaftalinlar oʻsimliklarning oʻsish regulyatorlari sifatida, polimetilnaftalin insektitsid sifatida, Naftalinning sulfokislota tuzlari emulʼgatorlar sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.