Nabonid
Bobilning soʻnggi podshosi From Wikipedia, the free encyclopedia
Bobilning soʻnggi podshosi From Wikipedia, the free encyclopedia
Nabonid – Bobilning soʻnggi podshosi (miloddan avvalgi 556—539-yillarda hukmronlik qilgan). Oromiylarlan. Nabonid Eron bilan kurashish uchun Gʻarbiy Osiyoning barcha oromiy qabilalarini yagona davlatga birlashtirishga harakat qilgan. Arabistondagi Taymu va boshqa viloyatlarni tobe ettirish uchun 10 yil kurashgan, oʻgʻli Valtasarni Bobil noibi qilib tayinlagan. Diniy islohotlar oʻtkazgan, Oy maʼbudi Sinaga homiylik qilgan. 539-yil kuzida Bobil forslar tomonidan bosib olingan. Nabonid asir olingan.[1]555-yildagi davlat toʻntarishidan keyin Bobil taxtiga oʻtkazilgan Nabonid Navuxodonosor II ning ishlarini koʻlidan kelganicha davom qildirmoqchi boʻlgan, shu sababdan xam u Navuxodonosorni oʻz yozuvlarida koʻproq eslaydi va uni oʻz homiysi deb juda izzat-hurmat bilan tilga oladi. Nabonid 17 yil davom etgan (eramizdan avvalgi 555-538-yillar) podsholigi davrida mamlakatning bir butunligini saqlash uchun qattiq kurash olib borgan. Nabonid podsholigining dastlabki paytlarida shimoliy Suriyada koʻtarilgan qoʻzgolonni bostirgan va Xamatga, Amurru mamlakatiga qoʻshin tortib borib, to Edomning janubigacha yetgan. Ammo Bobil uchun xavfning uyasi bu yerda emas edi. Suriya bilan falastin boʻlsa bostirilgan va ular kuchsizlanib qolgan Misrdan yordam kuta olmas edilar. Tirni Xiram III idora qilar edi, uni Nabonidning uzi podsho qilib koʻtargan edi. Bobil uchun ancha mushkul ahvol Mesopotamiyaning shimoliy qismida yuzaga kelgan. Midiya podshosi Astiag (Ishtuvegu) Shimoliy Mesopotamiyaga qarab yurib, Xarran oʻlkasiga xujum qilgan. Nabonid uz yozuvida xabar qilishicha, u „ummanmandlarga>> (≪miliyaliklarga“) qarshi chiqqan, lekin midiyaliklarni Anshana podshosi Kayxisrov tor-mor keltirgan. Midiya podsholigining yemirilayotganini va Eronning yuksalayotganini koʻrgan Nabonid uzining shimoli-gʻarbiy chegaralarini mustaxkamlashga qaror bergan boʻlishi va shu sababli u, oʻzining soʻzicha, Xarranda midiyaliklarning tajovuzlaridan qattiq zararlangan muqaddas joylarni tiklash uchun shu yerga alohida eʼtibor bergan boʻlishi juda mumkin. Eronning albatta bostirib kelish xavfini oldindan sezgan Nabonid uzoq Arabiston bilan oʻz aloqalarini mustahkamlamoqchi boʻlgan va shu maqsadl bilan Teymaga qarorgohiga aylantirib. Chunki Nabonid Teymada uzini bir qadar xavfsizroq his qilardi. Siyosat maydonidagi xavfli vaziyat Bobil podsholigi uchun tobora xafsizroq his qilardi. Eron podshosi Kayxisrov 550-yilda Midiyani oʻziga buysundirib, Lidiyaga qarshi otlangan, Lidnya podsholigini istilo qilgan va, shunday qilib. Mesopotamiyani sharqdan ham, shimoldan ham oʻziga qarashli yerlar bilan oʻrab olgan. Eron podshosining hamma yutuqlari Bobil xronikasida batafsil koʻtsatilgan, chunki Eron podshosi endi bevosita Bobilga xavf solmoqda edi. Xronikaning 546-yilga oid bobida, elamiylar (forslar yoki ularning Elamdagi ittifoqchilari bulsa kerak) Akkadga bostirib kirganligi va Elam xokimining Urukka tayinlanganligi aytiladi. Forslar Tigr daryosining sharqida Quyi Zab. Tigr va Diala daryolari urtasidagi Gutium oʻlkasini bosib olganlar. Kayxisrov 539-yilda Mesopotamiyaga bostirib kirib, Opis yonida Bobil qoʻshinlarini tor-mor keltirgan. 538-yilda Kayxisrov Sipparni ishgʻol kilib, Bobil ostonalariga yaqinlashib kelgan. Nabonidning xudogoʻyligi ham, olimligi ham, butun mamlakatdan Bobilga tashib keltirilgan xudolar haykali ham (Nabonid shu xudolarning haykallarini Bobilga olib kelib, Bobilni qadimgi diniy yodgorliklarning gʻoyat katta muzeyiga aylantirgan edi) uni qutqarib qololmagan. Kayxisron 538-yilning kuzida Bobilga kirib, Nabonidni taxtdan chetlashtirgan va Bobiliyani qidratli Eron davlatiga qoʻshib olgan. Yangi Bobil podsholigi shu tariqa qulagan va bu bilan markazi Bobil shahri boʻlgan buyuk davlat barpo qilish yoʻlidagi soʻnggi urinish barbod boʻlgan. Lekin Old Osiyodagi savdoning eng katta markazi sifatida va faqatt qadimgi Sharqdagina emas, balki butun qadimgi dunyoda ham madaniy hayotning taraqqiy qilishiga juda katta taʼsir koʻrsatib kelgan madaniy markaz sifatida Bobil, har holda, oʻzining katta iqtisodiy va madaniy ahamiyatini birmuncha vaqt saqlab kelgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.