From Wikipedia, the free encyclopedia
Nabi Hobil masjidi (arabcha: ; turkcha: Nabi Habeel Camii) yoki „Hobil paygʻambar masjidi“ – Suriyada Levantdagi Barada daryosi (Vadi Barada) qishloqlariga qarashli, Damashqning gʻarbiy togʻlarida, Zabadani vodiysi yaqinida joylashgan Hobilga bagʻishlab bunyod etilgan ziyoratgoh[1].
Masjid | |
Nabi Hobil masjidi مَسْجِد ٱلنَّبِي هَابِيْل | |
Nabi Hobil masjidi | |
Mamlakat | Suriya |
Shahar | Damashq |
Koordinatalar | 33°37′17″N 36°6′22″E |
Binokorlik | ?—1599 |
Andoza:+JoyXarita | |
Nabi Hobil masjidi Vikiomborda |
Bu masjidda Odam Atoning oʻgʻli Hobil (arabcha: Habil) qabri bor, deb ishoniladi, musulmonlar esa bu masjidga tez-tez tashrif buyurib turadilar. Masjid 1599-yilda Usmonli Vali Ahmad Posho tomonidan qurilgan boʻlib, 40 ta mehrobga ega ekanligi aytib oʻtiladi. Hikoyada aytilishicha, Hobil akasi Qobil (arabcha: Qobil) tomonidan oʻldirilgan, bu insoniyatning birinchi qotilligi sifatida baholanadi[2].
Masjidning ichki qismi 23 ft (7.0 m) lik Qur’on oyatlari bitilgan yashil ipak gobelen bilan qoplangan uzun sarkofag mavjud, ayrim mahalliy aholi vakillari buni dunyo yaratuvchilari, jumladan Hobilning kattaligiga mos deb hisoblashadi[2]. Masjid, shuningdek, darziylar tomonidan marosim oʻtkazilinadigan maskan hisoblaniladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.