From Wikipedia, the free encyclopedia
Mutribiy, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-asrning 30-yillari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16-asr oxirida Samarqandga qaytib, ijod bilan shugʻullangan. M.ning Samarqandda tuzgan "Tazkirat ush-shuaro" (1605) va Hindistonda yozgan "Nusxai zeboi Jahongir" (1625) nomli adabiy va tarixiy asarlari hamda "Xotiroti Mutribiy" memuari saqlangan. "Tazkirat ush-shuaro"da 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonda yashab ijod etgan 320 nafardan ortiq shoirning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilgan. Asar kirish qism va 2 fasldan iborat. Shoirlarning nomlari abjad tizimi asosida joilashtirilgan. M. tazkirada keltirilgan asarlarning vazn turlari, badiiy vositalari haqida ham fikr bildirgan. Shoirlarning forsiy hamda turkiy gʻazallaridan namunalar berilgan. Asar oʻsha davr adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba h.isoblanadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"Nusxai zeboi Jahongir" tazkirasini M. Hindistonda boʻlganida (1625—27) yozib, Jahongir shohga tuh-fa etgan. Mazkur asar oxiriga shox,ning taklifi bilan Jahongirning oʻzi tuzgan tazkira ilova qilingan. Unda 292 shoir haqida maʼlumot keltirilgan. M. Samarqandga qaytgach, "Xotiroti Mutribiy" asarini yozgan. Unda Oʻrta Osiyo va Hindiston oʻrtasidagi adabiymadaniy, siyosiy aloqalar aks etgan. M. sheʼrlaridan namunalar turli manbalarda uchraydi. "Tazkirat ush-shuaro" asari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik instituti fondida (inv. №2253), "Nusxai zeboi Jahongir" va "Xotiroti Mutribiy"ning Hindistonda koʻchirilgan nusxasi (1665) Londondagi Indiya offis kutubxonasida saqlanadi (inv. №3023).
LL.Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985.
Begali Qosimov.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.