From Wikipedia, the free encyclopedia
Munis Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778— Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi – 1829) – oʻzbek shoiri, tarixnavisi, tarjimoni, xattoti va maʼrifatparvari[1].
Munis Xorazmiy | |
---|---|
Asl ismi | chigʻatoycha: |
Tavalludi | 1778 |
Vafoti |
1829 Xorazm viloyati |
Kasbi | shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili va Chigʻatoy tili |
Ota-onasi |
otasi - Amir Avazbiy (yuz urug'idan) onasi (nayman urug'idan) |
Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq Munis Xorazmiyni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan[2].
Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida tugʻildi. 1800-yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
Munis „Munisul-ushshoq“ („Oshiqlar doʻsti“) nomli devon (1804–1805) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda koʻchirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari OʻzFAShI qoʻlyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning sheʼriy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning „Ravzat us-safo“ asarini oʻzbek tiliga tarjima qiladi. 1804-yilda arab alifbosini oʻrganishga bagʻishlangan „Savodi taʼlim“ nomli sheʼriy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya. Gʻulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev va boshqa olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Uning to‘liq ismi Shermuhammad mirob ibn amir Avazbiy ibn Eshimbiy Mirob ibn Hasanquli atoliq ibn Oraz Muhammad bakavul ibn Davlatbiy ibn Keray biy ibn Muhammadjon so‘fi biy yuz bo‘lib, o‘z so‘zlariga qaraganda “It yilidan keyin kelgan qo‘y yilida, Navro‘z kuni, payshanba tongida” olamga kelgan ekan. Munis asarida keltirilgan barcha ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, u hijriy 19 safar (payshanba kuni shu kunga to‘g‘ri keladi) 1192 (milodiy 1778 yilning 19 marti) Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. Munis o‘zbeklarning Yuz urug‘iga mansub ekani uning shajarasidan ma’lum. Uning ajdodlaridan biri Jiyan biy Anushaxon davrida (hijriy 1074-1098 – melodiy 1663-1687) miroblik mansabiga loyiq ko‘rilgan. Keyinchilik uning avlodlari ham shu unvonga sazovor bo‘lgani ma’lum. Hatto Munisning akasi Muhammadniyoz ham otasi Avaz Mirobdan so‘ng (hijriy 1221 - melodiy 1800 yili) miroblik mansabiga ko‘tarilgan. Munisning onasi o‘zbeklarning Nayman urug‘idan bo‘lib, ular Xo‘jaylida yashaganlar[3].
Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini sheʼriyatga, ilm-fan va maʼrifatga bagʻishlagan. Munis 1804-yilda birinchi sheʼrlar devoni – „Devoni Munis“ni yaratgan. 1806-yilda Eltuzarxon Munisga Xiva xonligi haqida kitob yozishni topshirgan. Munis oʻz asarini Shergʻozixon davrigacha yozib yetkazganda, Eltuzarxon fojiali halok boʻladi. Munis kitobini davom ettiradi va 1819-yilda Mirxondning „Ravzat ussafo“ („Soflik bogi“) tarixiy asarini turkiy tilga tarjima qilishni boshlaydi. Munis bu asarning 1jildini tarjima qilishga ulguradi. U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning „Firdavs ul-iqbol“ („Baxtlar bogi“) asarini va „Ravzat ussafo“ tarjimasini shogirdi Ogahiy nihoyasiga yetkazadi.
„Baxt bogʻi“ tarixiy asar muallifi. 1800-yildan Xiva xonlari Avaz-inoq, Eltuzar, Muhammad Rahimxon I saroyida saroy solnomachisi va kotibi boʻlib xizmat qilgan.
Munisning „Firdavs ul-iqbol“ asari uzoq, davrni qamrab olgan boʻlib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir. Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825-yilgacha boʻlgan siyosiy tarixi bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va, shuningdek, Xiva xonlarining qoʻshni turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan boʻlgan munosabatlari haqida ham koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.
Asar muqaddima, 5 bob va xotimadan iborat. 1-bobda Odam Atodan to Nuh paygʻambar avlodigacha boʻlgan haftanomaodisalar yoritilgan. 2-bobda Yofasdan Qoʻngʻirot shoʻʼbasigacha boʻlgan moʻgʻul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. 3-bobda Kurlos avlodiga mansub podshoxlar davrida sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan. 4-bobda Eltuzarxonning ota-bobolari xayoti tasvirlangan. 5-bobda Eltuzarxonning tugʻilishidan bu asarning yozilib tamom boʻlishiga qadar boʻlgan voqealar xususida qalam tebratilgan. Xotima esa olimlar, avliyo, amir, bek, shoir, hunarmandlar xaqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Munis oʻz davridagi sugʻorish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir „Arnalar“ (arna-anhor, kanal) nomli risola ham yozgan. Bu risola 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi dehqonchilik bilan bogʻliq, ijtimoiy munosabatlarni oʻrganishda ahamiyatli.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.