From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhit at-tavorix (Tarixlar majmuasi) – tarixiy asar. Muallifi Muhammad Amin Buxoriydir. Mazkur asar XVIII asrning boshlarida yozilgan. Asarda Buxoro xonligi tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar mavjud. „Muhit at-tavorix“da bayon etilgan voqealar 1700-yil bilan yakunlangan [1]. Asar ashtarxoniylar sulolasi vakillari Abdulazizxon (1645–1680) va uning ukasi Subhonqulixon (1680–1702) davrida yozilgan [2]. Asar muallifi Muhammad Amin ibn Mirzo Muhammad Zamon Buxoriy Soʻfyoniy. XVII asrning birinchi yarmi va XVIII asrning boshida yashagan tarixnavislardan biri hisoblanadi. Akademik Dilorom Yusupova tadqiqotlariga qaraganda u asli buxorolik boʻlib, Soʻfyon mahallasidan boʻlgan. Asar Buxoro xoni Subhonqulixonning amaldorlaridan biri Ibrohim qushbegining farmoyishi bilan yozilgan[1]. Mazkur asarning 6 ta nusxasi mavjud. Eng qadimiy nusxasi 1861-yilda qayta koʻchirilgan[1]. Asarning OʻzR FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan ikkita fors va ikkita eski oʻzbek tilidagi nusxalari mavjud[3]. Muhammad Amin Buxoriy ushbu asarini yozishda 37 ta kitobdan foydalangan va 10 bobga boʻlgan[4]. 1970-yilda ushbu asar boʻyicha Oʻz FA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Usmon Hamroyev, oʻsha paytda tarix fanlari nomzodi Boʻriboy Ahmedov rahbarligida nomzodlik disertatsiyasini yoqlaydi. 2020-yilda mazkur asar Dilorom Yusupova va Usmon Hamroyevlar tomonidan Toshkentda izohlar bilan birgalikda oʻzbek tilida shop qilingan[5]. Tarjimonlar Muhammad Amin Buxoriyning oʻzi koʻrgan va bilib yozgan qismlarini, yaʼni ashtarxoniy hukmdorlar Abdulazizxon va Subhonqulixon davrini tarjima qilgan[6]. Muhit at-tavorix asarida Buxoro xonligi iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid qiziqarli maʼlumotlar ham mavjud. Muhammad Amin Buxoriy oʻzining „Muhit-at tavorix“ asarida Rum va Qoshgʻar tomonidan xon huzuriga elchi kelganligi aytib oʻtilgan[7].
Muallif(lar) | Muhammad Amin Buxoriy |
---|---|
Tarjimon(lar) | Dilorom Yusupova, Usmon Hamroyev |
Til | fors |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2020-yil |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.