From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad Yunus (bengalcha: মুহাম্মদ ইউনূস; 1940-yil 28-iyun kuni tugʻilgan) — bangladeshlik ijtimoiy tadbirkor, bankir, iqtisodchi va fuqarolik jamiyati rahbari. Grameen bankiga asos solgani hamda mikrokredit va mikrofinans tushunchalarini ilgari surgani uchun Tinchlik Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Bunday kreditlar anʼanaviy bank kreditlari uchun oʻta kambagʻal hisoblangan tadbirkorlarga beriladi.
Muhammad Yunus 2013-yilda | |
Tugʻilgan |
28-iyun 1940-yil Chittagong, Britaniya Hindistoni |
---|---|
Millati | bengal |
Oliygoh |
|
Soha |
|
Alma mater |
|
Hissasi |
|
Mukofotlar |
|
2006-yilda Yunus va Grameen banki birgalikda „mikrokredit yordamida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni tubdan boshlashga qaratilgan saʼy-harakatlari“ uchun Tinchlik Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi „yirik aholi guruhlari qashshoqlikdan chiqish yoʻllarini topmasa, doimiy tinchlik oʻrnatib boʻlmaydi“ hamda „Yunus va Grameen banki eng kambagʻal kambagʻallar ham oʻz rivojlanishlariga sababchi boʻla olishlari mumkinligini koʻrsatdi“, dedi[1].
Yunus yana bir necha boshqa milliy va xalqaro sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U 2009-yilda AQSh Prezidenti erkinlik medali, 2010-yilda Kongress oltin medali bilan taqdirlangan. 2008 yilda Yunus „Foreign Policy“ jurnali tuzgan „Eng yaxshi yuzta global fikrlovchi“ roʻyxatida ikkinchi oʻringa qoʻyildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.