Mrinalini Sharma
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mrinalini Sharma (1977-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — hind modeli va Bollywood aktrisasi.[1] U asosan Hind filmlarida va televideniyesida suratga tushadi.
Mrinalini Sharma | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
27-sentyabr 1977-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa, model |
Yoshlik davri
Sharma asli Nyu-Dehlidan. Uning onasi Hind otasi Malayali boʻlib, Sharma oilaning kencha farzandi edi. Yoshligidan sport va raqsga qiziqib turli xil musobaqalarda yuqori natijallarga erishgan. Mrinalini oʻqishni Karmel monastir maktabida, Chanakyapuri, Nyu Dehlida oʻqigan. Shundan soʻng u Dehlidagi Iso va Mary kollejini (Dehli universiteti) bitirgan.[2]
Faoliyati
Sharma oʻz faoliyatini Dehlida model sifatida boshlagan va tez orada Mumbayga koʻchib oʻtgan. U koʻplab tijorat reklamalarida rol ijro etgan va Bollywooddagi faoliyatini Prakash Janing Apaharan filmidagi mashhur boʻlgan roli bilan boshlagan.[3]
Uning aktrisalik faoliyati Mahesh Bhatt bilan uchta film bilan boshlandi.[4] Birinchisi Awarapan boʻlib, u ekran maydonini Emraan Xashmi bilan boʻlishdi. Filmda aktrisa Shriya Saran ham rol ijro etgan. Xuddi shu yili u yana ikkita telugu filmida, yaʼni Tejaning "Oka V Chitram ansamblining bir qismi sifatida va Aganthakudu filmlarida suratga tushgan. 2007-yilda u Telugu ekshn komediyasi State Rowdy filmida rol oʻynadi. Oʻsha yili u past byudjetli Pajaniappa Kalloori bilan tamil filmida debyut qildi. Boshqa bir filmi xoreograf Raju Khanning rejissyorlik debyuti Showbiz edi.[5] 2006-yilda rejissori Peter Ausburn boʻlgan Beyond Purgatory filmida rohiba obrazida kichik rolda koʻrindi. Undan tashqari uning koʻzga koʻringan filmlariga Showbiz, Hide N Seek, Soundtrack, Jodi Breakers, Ishqbeera , Jacob filmlari kiradi.
Filmografiyasi
Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi |
Yil | Nom | Rol | Rejissor | Manba |
---|---|---|---|---|
2005 | Apaharan | ——— | Prakash Jha | [6] |
2006 | Beyond Purgatory | Rohiba | Peter Ausburn | |
2007 | Awarapan | Reema | Mohit Suri | [7] |
Showbiz | Shikha Verma | Raju Khan | [8] | |
2010 | Hide N Seek | Jyotika Jhalani | Shawn Arranha | [9] |
2011 | Soundtrack | Shonali | Neerav Ghosh | [10] |
2012 | Jodi Breakers | Irra | Ashwini Chaudhary | [11] |
2013 | 3G | Chaima/Jasmine | Sheershak Anand Shantanu Ray Chhibber |
[12] |
2018 | Ishqeria | Radhika | Prerna Wadhawan | [13] |
2021 | Jacob |
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.