From Wikipedia, the free encyclopedia
Moikadagi Yusupovlar saroyi (ruscha: Дворец Юсуповых на Мойке), Moika saroyi yoki Yusupov saroyi sifatida tanilgan, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Yusupovlar sulolasining sobiq qarorgohi, hozirda muzey. Bino 1916-yil 17-dekabr erta tongda Grigoriy Rasputin o‘ldirilgan joy edi[1]. Baʼzan uni Sankt-Peterburgdagi xuddi shu oilaning boshqa saroylaridan ajratish uchun Moika saroyi deb ham ataladi, ammo bino bu shahardagi moika daryosi boʻyida joylashgan yagona saroy emas.
Moika saroyi | |
---|---|
Moika daryosi bo'yidagi Yusupovlar saroyi | |
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Sankt-Peterburg |
Mamlakat | Rossiya |
Koordinatalar | 59°55′46.2″N 30°17′55.32″E |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Andrei Alexeievich Mikhailov |
Moika saroyi |
Saroy birinchi marta 1776-yilda fransuz arxitektori Jan-Batist Vallin de la Mote tomonidan qurilgan. Yillar davomida saroyda bir qator meʼmorlar ishlagan, jumladan, mashhur italiyalik haykaltarosh Emilio Sala. Andrey Mixaylov 1830-yillarda knyaz Yusupovlar oilasi mulkni qoʻlga kiritgandan soʻng, binoni qayta qurdi. Shu davrda saroy oʻzining hozirgi zamonaviy koʻrinishini oldi.
Yusupovlar juda boy[2] va xayriya ishlari va badiiy toʻplamlari bilan mashhur sulola edi.
Saroyning hashamatli dizayni zamonaviy qirollik saroylarinikidan qolishmas edi. Saroyda 40000 dan ortiq sanʼat asarlari, jumladan Rembrandt asarlari, zargarlik buyumlari va haykallar bilan bezatilgab. Rus inqilobidan soʻng saroy milliylashtirildi va undagi sanʼat asarlari asosan Ermitaj va boshqa muzeylarga joylashtirildi. Ermitajda rasmlar kuratori boʻlgan Ernst Fridrix fon Liphart avvalroq saroy teatri pardasi va shiftini rasmlar bilan bezagan edi[3].
Saroy monarxistik guruh tomonidan Grigoriy Rasputinning oʻldiriligan joy deb taxmin qilinadi. Yusupovlar oilasining merosxoʻri knyaz Feliks Yusupov ham fitnaning ishtirokchisi edi[4]. Maʼlumotlarga koʻra, Moikadagi saroy shahzodaning poytaxtdagi eng sevimli qarorgohi boʻlgan.
Rasputinning oʻlimi bilan bogʻliq aniq voqealar hali ham bahsli. Yagona aniq hodisa Feliks Yusupov Vladimir Purishkevich va Buyuk Gersog Dmitriy Pavlovich bilan Grigoriy Rasputinni Moika saroyiga taklif qildi. U Rasputinni saroyning kichkina, ammo dabdabali jihozlangan yerto‘lasiga olib bordi. U yerda u Rasputinga qizil sharob berdi. Rasputin chalgʻiganda Yusupov revolverni olib, unga yon tomondan oʻq uzdi. Yusupov uni oʻldi deb taxmin qilib, yuqori qavatga koʻtarilgan, boshqa fitnachilar birinchi qavatdagi oʻquv xonasida kutib turishgan. Rasputin yon eshikdan tashqaridagi koʻchaga ochilgan darvozali hovliga qochishga muvaffaq boʻldi. Keyin Purishkevich Rasputinni orqasidan, ostonada otib tashladi. Jasad ichkariga olib kirildi va yaqin masofadan otilgan uchinchi oʻq uning peshonasiga tegdi. Fitnachilar Rasputinni choyshabga oʻrashdi, shahar tashqarisiga olib chiqib ketishdi va jasadni Malaya Nevaga uloqtirishdi.
Rus inqilobi Rasputinning oʻlimidan koʻp oʻtmay sodir boʻldi va Sovetlar hokimiyatga kelgach, ular Yusupovlar mulkini musodara qildilar. 1925-yilda saroy shahar Maorif komissarligiga topshirildi. Aksariyat zodagon saroylari turli maqsadlarda foydalanish uchun moslashtirilgan boʻlsa-da, Maorif komissarligi saroyni jamoat muzeyi sifatida saqlab qolishga qaror qildi. Bugungi kunda saroy „Maʼrifatchilar madaniyat saroyi“ vazifasini o‘tamoqda. Ikkinchi qavatni qabul qilish joylari va binoning Rasputin oʻldirilishi bilan bogʻliq qismi sayohatchilar uchun ochiq muzey sifatida saqlanadi[5][6]. Rasputin oʻz qotillaridan qochishga uringan hovli oʻrnini endilikda asosiy binoga tutash bolalar bogʻchasining oʻyin maydonchasi egallagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.