ijro etilmassa ham odamning qulog'ida doimo takrorlanib turuvchi esda qolarli musiqa yoki tovush From Wikipedia, the free encyclopedia
Miyaga oʻrnashib qoladigan kuy (inglizcha: Earworm), shuningdek, miya qurti[1], yopishqoq musiqa, tiqilib qolgan qoʻshiq sindromi[2], yoki koʻpincha, quloq qurtlaridan soʻng hosil boʻluvchi ixtiyorsiz musiqiy tasvirlar (IMT)[3][4][5][6][7] deb ham ataladi. Bu ijro etilmagan paytda ham odamning ongini doimiy ravishda egallab turadigan jozibali va/yoki esda qolarli musiqa yoki soʻz[8][9]. Yorliq sifatida ixtiyorsiz musiqiy tasvirlar faqat quloq qurtlari bilan chegaralanib qolmaydi. Musiqiy gallyutsinatsiyalar ham, garchi ular bir xil boʻlmasa-da, ushbu toifaga kiradi[4][10]. Quloq qurtlari ixtiyorsiz xotiraning keng tarqalgan turi hisoblanadi[11]. Quloq qurtlarini tasvirlash uchun tez-tez qoʻllaniladigan iboralarning baʼzilari „musiqiy tasvirni takrorlash“ va „ixtiyorsiz musiqiy tasvir“ kabi jumlalarni oʻz ichiga oladi[1][12][13].
Quloq qurti, yaʼni, inglizcha: earworm soʻzi, nemis tilidagi Ohrwurm soʻzining kalkasi – nusxasidir[14][15]. Eng qadimiy ingliz tilida yozilgan Desmond Bagleyning 1978-yilgi Flyaway romanida kitob muallifi soʻzning asosini nemischadan kelib chiqqanligiga ishora qiladi[16].
Ushbu hodisani oʻrgangan tadqiqotchilar orasida Theodor Reik[17], Sean Bennett[18], Oliver Sacks[19], Daniel Levitin[20], James Kellaris[21], Philip Beaman[22], Vicky Williamson[23], Diana Deutsch[24] va Peter Szendy[25] va yana boshqa olimlar mavjud. Bu hodisani eshitish gallyutsinatsiyasi olib keladigan miyaning temporal quloq yumshoq qismiga zarar yetkazish natijasida yuzaga kelgan noyob tibbiy holat – palinakuzis bilan aralashtirib yubormaslik kerak[26].
James Kellaris tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, odamlarning 98 %i quloq qurtlarini boshdan kechirishdi. Ayollar va erkaklar bu hodisani teng ravishda tez-tez boshdan kechiradilar. Ammo, quloq qurtlari ayollarda uzoqroq davom etadi hamda ularni koʻproq bezovta qiladi. Kellarisning statistik maʼlumotlarga koʻra, soʻzlari taʼsirli boʻlgan qoʻshiqlar quloq qurtlarining 73,7 % ni tashkil qilishi mumkin, instrumental musiqa esa atigi 7,7 % ni tashkil qiladi[26].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.