From Wikipedia, the free encyclopedia
Mix ota masjidi — Navoiy viloyati Konimex tumani Qurama qishlogʻida joylashgan masjid[1].
Masjid | |
Mix ota masjidi | |
Hudud | Navoiy viloyati |
Manzil | Konimex tumani |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Holati | amaldagi |
Mix ota masjidi Konimex tumani „Guliston“ MFY, Qurama qishlogʻida joylashgan. 1993—1995-yillar oraligʻida oʻsha davrdagi Konimex tuman hokimi Poʻlat Sulaymonovning tashabbusi bilan asosan hashar yoʻli bilan qurilgan. Namoz oʻqish honaqohi 120 nafar odamga moʻljallangan. Kadastr hujjatlari yoʻqolganligi sababli qayta tiklanmoqda[2]. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatib uchun alohida xonalar, hojatxona va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Qur’on oyatlaridan keltirilgan bannerlar eski, tom qismiga oʻrnatilgan karnaylar joriy taʼmirtalab holatda. Namoz oʻqish vaqtlarini koʻrsatuvchi tablo eski, koʻrsatkichlari ishlamaydi. Oxirgi bor 2016-yilda homiylar tomonidan hashar yoʻli bilan taʼmirlangan. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Navoiy viloyat vakilligi mas’ul tashkilot. „Mix ota“ masjidi bir vaqtning oʻzida 1 000 nafardan ortiq namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.