From Wikipedia, the free encyclopedia
Miriy (1778—1829-yillarda yashab ijod qilgan) — oʻzbek shoiri, yozuvchisi va tarixchisi.
Miriy — Mangʻit oʻzbek urugʻidan boʻlgan tarixchi [1].
Mir Husaynning taxallusi. Mir Husayn 1785-yilda dunyoga keladi. U Buxoro amiri Shohmurodning[2] oʻgʻillaridan biri edi.
Miriyning piri ustozlari Shayx Niyozquliy, Nadr Boqiy, Shayx Miyon Fazl Ahmad edi.
Mir Husayn 1796-yilda otasi bilan Xuroson yurishida ishtirok etgan.
1798-1799-yillarda Samarqandga hokim etib tayinlanadi, bu lavozimni 1817 yoki 1821-yilgacha oʻzida saqlab qoladi[3].
1817-yilda u xotinining Shahrisabzdagi qarindoshlari huzuriga qochib, keyin Qoʻqondan panoh topadi.
Mir Husayn “Mahazin at-taqvo” – “Taqvo xazinasi” tarixiy asar muallifi edi. Asarda Buxoro amirlari tarixi va Buxorodagi soʻfiylik tarixi keng yoritilgan.
Miriy she’r bastalagan va Qoʻqon xoni Umarxon she’riyat antologiyasiga kiritilgan[4].
Tarixchi olim 1825-yildan keyin vafot etdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.