Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mikroskop, zarrabin (mikro… va yun. skopeo – qarayman) – mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib koʻrsatadigan optik asbob. Mikroskopning kattalashtirishi difraksion hodisalar (qarang Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—1000-martani tashkil qiladi. Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar oʻrtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniqlikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,90 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroobyektlar (bakteriya, mayda kristallar va boshqalar) oʻlchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (yaʼni ajratish qobiliyati 0,25 mkm boʻlgan) mikroskop mavjud (elektron mikroskopniki – 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashtirib berishi 16-asrdayoq Niderlandiya va Italiyadagi koʻzoynaksoz ustalarga maʼlum boʻlgan, (ikki linzali mikroskopni niderland ustasi 3. Yansen 1590-yilda kurgan), lekin birinchi mikroskopni 1609—10 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab mikroskopning hisobini 1872-yilda E. Abbe qilgan. Mikroskopda obyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. Mikroskopda koʻp linzali obyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obyektiv ishlatiladi. Immersion obyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan mikroskop obyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. Mikroskopda tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obʼyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kontrastlari (aniqligi) ortadi.
Okulyar ham mikroskopning muhim qismi. Tekshiriladigan obyektga qarab okulyarlar turlicha boʻladi. Okulyar sifatida koʻrish trubasi (koʻpincha, Gyuygens tipidagi okulyar) ishlatiladi. Yoritishda mikrokondensorlardan foydalaniladi; u linzalar tizimidan iborat. Mikrokondentorlarga iris diafragmasi oʻrnatiladi. Mikrokondensorlarning tuzilishi ham har xil; baʼzilari bitta linzasi olib qoʻyiladigan qilib yasaladi, bu hol mikroobyektlarni tekshirishni osonlashtiradi.
Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent, ultrabinafsha, qutblovchi, interferension mikroskoplar; tekshirish obyektiga qarab, biologik, elektron, metallografik mikroskop va boshqa boʻladi. Lyumi-nessent mikroskop boshqa mikroskoplardan ikkita (kondensor oldida va obyektivdan keyin qoʻyiladigan) yorugʻlik filtri mavjudligi bilan farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus mikroskoplar ham mavjud, mas, tez va sekin oʻtadigan jarayonlarni kinolentaga tushiradigan mikroskop, jarroxlik mikroskopi, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan mikroskop va hokazo. Fotografiya, tibbiyot, biologiya, fizika va kimyo sohalarida mikroskop koʻp ishlatiladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.