aksiyadorlik-tijorat banki From Wikipedia, the free encyclopedia
"Mikrokreditbank" - Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri. 2006-yilga qadar „Tadbirkor“ bank sifatida faoliyat yuritgan.
Mikrokreditbank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Asos solingan | 2006-yil may |
Avvalgi nomi | "Tadbirkor" bank |
Egalari | |
Bosh kompaniyasi |
Moliya vazirligi Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi |
Mikrokreditbank Vikiomborda |
„Mikrokreditbank“ aksiyadorlik-tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi „Mikrokreditbank“ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan „Tadbirkor“ aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan[1]. Bank Boshqaruvi raisi Butayev Orif Aliboyevich.
Boshqaruvi (Bosh ofisi) Toshkent shahri Amir Temur shoh koʻchasi 4-uyda joylashgan.
Bank missiyasi: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
Reyting tashkilotining bahosi:
1. Hozirgi kunda bank „BB-“ darajasidagi „Fitch Ratings Ltd.“ tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi – „Barqaror“ boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. 2. Joriy yilning 6-aprel kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi „Mikrokreditbank“ ATBning uzoq muddatli kontragent riskini baholash reytingini Ba3 darajasida hamda bankning milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari reytingini Ba3 „Barqaror“ darajasida baholadi. Bankning rasmiy sayti: mkbank.uz
Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidir.[2]
1993-yilda Oʻzdehqonchiliksanoatbank negizida „Tadbirkorbank“ aksionerlik tijorat banki tashkil etiladi[3].
Bankning rasmiy ilovasi — Mavrid, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.