Usmonlilar imperiyasining 7-sultoni (1444–1446, 1451–1481 yillar hukmronligi) From Wikipedia, the free encyclopedia
Mehmed II Fotih (1432-1481) — usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qoʻshinlarining yurishiga shaxsan qoʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosati yurgizgan. 1452-yilning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomonidan barpo etilgan Ana-doʻlihisorning qarama-qarshisida, yaʼni Bosforning Yevropa qismida Ru-melihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib oʻtayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshiruvidan oʻtkazish imkoniyati tugʻiladi. 1453-yilning martida M. II F. 150 ming kishilik qoʻshin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari bilan Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18-aprel — 29-may) qamaldan soʻng shahar zabt etilgan. Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantinopolning qulashi Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va, aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylanishiga olib kelgan. Shahar turkcha Islomboʻl deb nomlana boshlagan. M. II F. shundan soʻng Bolqon hamda Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab u Serbiyaga zarba bergan, ammo, 1456-yilning 27-iyulida Belfad ostonasvda Yanosh Xu-nyadi lashkari bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragan. 1459-yil turklar Serbiyani, 1460-yil Moreyani, 1463-yil Bosniyani, 1476-yil Valaxiyani, 1478—79 yil Albaniyani oʻz tasarrufiga kiritganlar. M. II F. 10 yildan ziyod muddat davomida Karaman beyi hamda Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib butun Kichik Osiyoda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1475-yil M. II F. Kafa, Kerch, Sudak singari Qora va Azov dengizi boʻylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonligini oʻziga vassal qilgan. 1461-yil savdo yoʻlidagi mu-him yunon davlati Trapezund (Trabzon) ni M. II F. jangsiz egallagan. Turk qoʻshinlarining zafarli yurishlari M. II F.ni Yevropaning Vengriya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasini tuzishga ruhlantirgan. 1480-yil 300 kemaga joylashgan 100 ming nafar qoʻshin Jan. Italiyaning Otrango shahri tomon yoʻl oladi va uni 2 haftalik qamaldan soʻng qoʻlga kiritgan. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, M. II F. ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir yerga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarbalar berishgan. M. II F. taxt vorisi Boyazid II buyrugʻiga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab oʻldirilgan. M. II F. davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmu-asi („Qonunnoma“) tuzilgan. M. II F. harbiy va maʼmuriy boshqaruv islohoti oʻtkazib, armiya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul untiga asos solgan. M. II F. fors, yunon va arab adabiyotini yaxshi bilgan, oʻzi ham „Avniy“ taxallusi bilan sheʼriy devon bitgan.
Mehmed II Fotih Sulton Mehmed | |
---|---|
Qaysar-i Rum Abu'l Fath Fotih | |
7-usmoniylar sultoni | |
Birinchi saltanati | |
Saltanat | 1444-yil avgust — 1446-yil iyul |
Oʻtmishdoshi | Murod II |
Davomchisi | Murod II |
Ikkinchi saltanati | |
Saltanat | 1451-yil 3-fevral — 1481-yil 3-may |
Oʻtmishdoshi | Murod II |
Davomchisi | Boyazid II |
Tugʻilishi |
30-mart 1432-yil Edirne, Rumeli viloyati, Usmoniylar imperiyasi |
Vafoti |
3-may 1481-yil (49 yoshda) Hünkârçayırı, Gebze, Usmoniylar imperiyasi |
Dafn etilgan joy |
1481-yil 22-may |
Turmush oʻrtogʻi |
Emine Gülbahar Hatun Gülşah Hatun Hatice Hatun Sitti Mükrime Hatun Çiçek Hatun |
Farzandlari |
Boyazid II Shahzoda Mustafo, Jem Sulton, Gevherhan Hatun |
Otasi | Murod II |
Onasi | Humo Xotun |
Dini | Sunni Islom |
{{{signature_type}}} |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.