From Wikipedia, the free encyclopedia
Mazdakiylik — diniy-falsafiy taʼlimot. Asoschisi Mazdak. Mazdikiylar harakati davrida Eronda keng tarqalgan. M. taʼlimotiga koʻra, olamda boʻladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni koʻzlab harakat qiluvchi yaxshilik, yorugʻlik manbai bilan koʻr-koʻrona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorongʻulik (johillik) manbai oʻrtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash „yaxshilik“ning „yomonlik“ ustidan gʻalabasi bilan tugallanadi. M.da birinchi oʻrinda sof falsafiy va diniy masalalar emas, ijtimoiy masalalar turadi. M.da asosiy yovuzlik boylikka hirs qoʻyish va kambagʻallik, deb taʼkidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. M.ning asosiy gʻoyasi mulkiy tenglikni oʻrnatishdan iborat. Bu tenglik barcha moddiy boyliklarga dehqonlar jamoasi orqali egalik qilish, yaʼni moddiy boyliklar odamlarga teng taqsimlanishi kerak deb tasavvur etiladi. Bu gʻoya xalq ommasi ichida keng tarqalib, mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Bu taʼlimot garchi hayoliy boʻlishiga qaramay, uning adolatsizlik va zulmga qarshi qaratilgani, tinchlikka chaqirishi ijobiy ahamiyat kasb etdi. M. keyingi asrlar davomida Eron, Oʻrta Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlarning va shahar kambagʻallarining (Abu Muslim, Muqanna, Bobak qoʻzgʻoloni) kurash bayrogʻi boʻlib qoldi[1].
Mazdakiizm dualistik din boʻlib, u manixeyizm taʼsirida boʻlgan. U koinotni yaratgan dastlabki vaqtda birlashadigan yorugʻlik va qorongʻulik (yaxshi va yomon) ikkita tamoyil mavjudligini oʻrgatdi. Mazdakiylar Nur xudosiga sigʻinardilar.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.