From Wikipedia, the free encyclopedia
Masaru Ibuka ( 1908-yil 11-aprel - 1997-yil 19-dekabr) yaponiyalik elektronika muhandisi, Sony kompaniyasi asoschilaridan biri[1][2].
Masaru Ibuka | |
---|---|
Tavalludi | 1908-yil 11-aprel |
Vafoti | 1997-yil 19-dekabr |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Kasbi | Muhandis |
Bolalari | 1 o'g'il 2 qiz |
Otasi | Tasuku Ibuka |
Masaru Ibuka 1908-yil 11-aprelda tavallud topgan. U Tasuku Ibukaning birinchi oʻgʻli edi[3].Ularning Yae Ibuka va Ibuka Kajinosuke bilan qarindoshlik aloqalari boʻlgan. Masaru ikki yoshida otasidan ayrilgan va bobosi qoʻliga oʻtgan[4]. Keyinchalik, onasi boshqa turmushga chiqqanidan keyin Kobega koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. U Xyogo prefekturasidagi 1-Kobe oʻgʻil bolalar maktabi (hozirgi Xyogo prefekturasi Kobe oʻrta maktabi)da taʼlim olgan[3].
Masaru 1933-yilda Vaseda universitetini[5] tugatgandan soʻng, kinofilmlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi Foto-kimyoviy laboratoriyada ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda esa, Yaponiya Imperatori dengiz flotida xizmat qilgan.U yerda u Imperator dengiz floti urush davri tadqiqot qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.1945-yil sentyabr oyida u dengiz flotini tark etgan va Tokioning Nihonboshi shahrida bombardimon qilingan Shirokiya doʻkonida radio taʼmirlash ustaxonasiga asos solgan[6][7].
1946-yilda urush davri tadqiqotchisi Akio Morita gazetada Ibukaning yangi tashabbusi haqidagi maqolani koʻrib, u bilan aloqa qila boshlaydi. Koʻp davom etmagan yozishmalardan soʻng Akio Morita Tokioda Ibuka bilan birga ishlashga kelishadi. Moritaning otasi tomonidan moliyalashtirilgan holda, ular 1958-yilda Sony korporatsiyasi nomi bilan mashhur boʻlgan Tokio Telekomunikatsiya Muhandisligi korporatsiyasiga asos solishadi[8][9]. Ibuka 1950-yillarda Bell Labsdan Sonyga tranzistor texnologiyasini olib kelishda muhim rol oʻynadi[10], shu tariqa Sony tranzistor texnologiyasini harbiy boʻlmagan maqsadlarda qoʻllagan birinchi kompaniyalardan biriga aylandi[11]. U shuningdek, 1967-yilda Sony kompaniyasining Trinitron rangli televizorini ishlab chiqqan tadqiqot guruhini boshqargan[12]. Ibuka 1950-yildan 1971-yilgacha Sony kompaniyasi prezidenti boʻlib ishlagan, 1971-yildan 1976-yil nafaqaga chiqqunga qadar Sony kompaniyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan[12].
1960-yil Moviy lentali „Shon-sharaf“ medali
1978-yil "Muqaddas xazina " ordeni
1986-yil "Chiqayotgan quyosh " ordeni[1]
1986-yil Shvetsiyaning „Qutb yulduzi“ qirollik ordeni birinchi darajali qoʻmondon unvoni[1]
1989-yil „Madaniy xizmat koʻrsatgan shaxs“ unvoni
1992-yilda „Madaniyat“ ordeni
Ibuka yana shuningdek, quyidagi ilmiy unvonlarni ham olgan:
1976-yil Tokiodagi Sofiya universiteti faxriy doktori unvoni
1979-yil Tokiodagi Vaseda universiteti faxriy doktori unvoni
1994-yil Braun universiteti (AQSh) faxriy doktori
1972-yil IEEE asoschilari medali[13]
1987-yil IEEE Masaru Ibuka Consumer Electronics mukofoti[14]
Ibuka Nippon skautlari milliy boshqaruv kengashi raisi boʻlib ham ishlagan. 1991-yilda Jahon Skaut Harakati Tashkiloti uni " Bronza boʻri " medali bilan taqdirlagan[15]. 1989-yilda u Yaponiya Skautlar Assotsiatsiyasining eng yuqori unvoni - „Oltin qirgʻovul“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan.
1964-yil Yaponiya elektrotexnika aloqasi muhandislari institutining “Buyuk xizmatlari uchun” mukofoti
1981-yil Aspen gumanistik tadqiqotlar institutining „Gumanizm va texnologiya“ mukofoti
1986-yil Germaniya Eduard Reyn jamgʻarmasining „Eduard Reyn Faxriy uzuk“ mukofoti
1989-yil Taʼlim vazirligi tomonidan „Madaniy xizmatlari uchun“ mukofoti
1991-yil Prezident mukofoti va Illinoys universiteti medali[16]
Ibuka, shuningdek, „Uchdan keyin kech“ (1971) kitobining muallifi boʻlib, unda u insonning eng muhim bilimlari tugʻilishdan 3 yoshgacha sodir boʻlishini taʼkidlaydi va bundan foydalanish yoʻllari va usullarini taklif qiladi. Kitobning soʻzboshi Inson salohiyatiga erishish institutlari asoschisi Glenn Doman tomonidan yozilgan[17].
Ibuka 1997-yil 19-dekabrda 89 yoshida yurak yetishmovchiligi kasalligidan vafot etdi. Uning davomchisi sifatida bir oʻgʻil va ikki qizi qolgan[18].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.