Maria Canals-Barrera
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Maria Canals-Barrera (qizlik familyasi: Canals; 1966-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U Disney kanalida efirga uzatilgan Wizards of Waverly Place (2007—2012) serialidagi Theresa Russo,Camp Rock (2008)dagi Connie Torres va Camp Rock 2: The Final Jam (2010) va ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan Cristela (2014—2015) serialidagi Daniela rollari bilan tanilgan.
Remove ads
Canals-Barrera, shuningdek „Adolat ligasi「 (2001—2004) teleserialida va Justice League Unlimited (2004—2006) filmlarida Shayera Hol/Hawkgirl obraziga ovoz bergan.The Proud Family (2001—2005) Sunset Boulevardez hamda Danny Phantom (2004—2007)dagi Paulina rollarini bilan tanilgan.
Remove ads
Yoshligi
Canals-Barrera Florida shtatining Mayami shahrida, kelib chiqishi kataloniyalik boʻlgan kubalik fuqarolar oilasida tugʻilib oʻsgan[1]. Canals-Barrera ispan tilida ham gapira oladi hamda oʻrta maktabda ham drama darslarida qatnashgan[2].
Canals-Barrera Miami universitetiga teatr stipendiyasini qoʻlga kiritishdan oldin Hialeah-Miami Lakes oʻrta maktabini tamomlagan[3].
Faoliyati

Oʻzining dastlabki yillarida Canals-Barrera Miami va Los Angelesdagi teatrlarida koʻp ishlagan. 1990-yilda u The Glass Menagerie filmida Amanda rolini oʻynaydi[4]. 1992-yilda u Brian Michael RileyningA Cradle of Sparrows filmida rol oʻynagan[5]. Xuddi shu yili u Telemundo telekanida efirga uzatilgan Marielena nomli ispan tilidagi telenovela rol oʻynay boshlaydi[3].
Keyinchalik, u qisqa muddatli 1993 Fox komedik drama serialida, Key Westda takrorlanuvchi rolni ijro etadi. 1990-yillarda, Canals-Barrera mehmoni, shuningdek, 21 Jump Street, Murder, She Wrote, Almost Perfect va Caroline in the City kabi bir qator teleseriallarda ham suratga tushgan.
1996-yilda u Hedda Gabler spektaklida bosh qahramon rolini oʻynaydi[6]. Keyingi yili u Gilermo Reyesning Chilean Holiday spektaklida Digna rolini oʻynagan[7]. 2018-yil 27-avgustda TVLine tomonidan maʼlum boʻlishicha, Canals-Barrera Netflixda uzatilgan Fuller House serialida Fernando Ernandes-Gerrero-Fernandes-Gerreroning onasi rolini ijro etgan[8].
Remove ads
Shaxsiy hayoti
Barrera 1999-yildan beri aktyor David Barrera bilan turmush qurgan hamda uning ikki nafar qiz farzandi bor[9].
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Videooʻyinlarda
Remove ads
Mukofotlar va nominatsiyalari
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads