From Wikipedia, the free encyclopedia
Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish[1]. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir[2]. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir[1].
Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi[3]. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir[4].
Manipulyatsiya uchun motivatsiya oʻz-oʻziga xizmat qilish yoki boshqalarga yordam berish yoki foyda keltirish boʻlishi mumkin[5]. Anti-ijtimoiy manipulyatsiya — bu „boshqalarning hisobidan oʻzining shaxsiy maqsadlari yoki manfaatlariga yetishish uchun foydalanish koʻnikmalarini ishlatishdir“[5], ijtimoiy xulq-atvor esa „boshqa shaxs yoki shaxslar guruhiga yordam berish yoki foyda keltirish uchun moʻljallangan ixtiyoriy harakat“[6].
Hissiy manipulyatsiyani oldindan aytib beruvchi omillarni tadqiq etish shuni koʻrsatadiki, hissiy manipulyatsiya ortidagi mexanizmlari jinsga qarab farqlanadi:
„Erkaklar uchun yuqori darajadagi hissiy intellekt, ijtimoiy maʼlumotlarni qayta ishlash, bilvosita tajovuzkorlik va oʻz manfaati yoʻlidagi kognitiv buzilishlar hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan“[7].
„Ayollar uchun esa yoshroq boʻlish, hissiy intellektning yuqori darajasi, bilvosita tajovuzkorlik, birlamchi psixopatik belgilar va past darajadagi ijtimoiy ogohlik hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan. Biroq, ayollar uchun hissiy intellekt bostiruvchi sifatida hizmat qilgan“[7].
Manipulyatorlar odatda quyidagi zaifliklardan foydalanadilar:
Zaiflik | Tavsif |
---|---|
Soddalik yoki gʻoʻrlik | Baʼzi odamlar ayyor, makkor, shafqatsiz boʻlishi mumkinligini qabul qilishi qiyin boʻlgan yoki ulardan foydalanganlarida buni, „tan olmaydigan“ odamlar[8][9]. |
Ortiqcha rozilik berish | Boshqalarning aybsiz ekanligiga ishonishga va ularni oʻrniga oʻzini qoʻyib koʻrishga hayrixoh boʻlgan odamlar. |
Oʻziga past baho berish | Oʻziga shubha bilan qarashdan, oʻziga boʻlgan ishonch va qatʼiyatning yetishmasligidan qiynaladigan va oʻz-oʻzini himoya qilishga juda oson oʻtadigan odamlar[8]. |
Ortiqcha intellektualizatsiyalash | Manipulyatsiya qiladiganlarni oʻziga yarasha sabablari bor deb ishonuvchi va ularni tushunishga urinuvchi odamlar[8]. |
Hissiy qaramlik | Boʻysunuvchanlik yoki tobelik shaxsiyatiga ega boʻlgan odamlar. Odam qanchalik koʻp hissiy jihatdan qaram boʻlsa, u shunchalik oson ekspluatatsiya va manipulyatsiya qilish mumkin[8]. |
Ochkoʻzlik | Ochkoʻz va egri odamlarni osonlik bilan axloqsiz yoʻl tutishga koʻndirish mumkin[9]. |
Shaxsiyat chegarasi buzilishi oʻziga xos guruhlashga ega masalan, „chegara“ manipulyatsiyasi qasddan boʻlmagan va disfunktdional manipulyatsiya sifatida tavsiflanadi[10]. Marsha M. Linehanning taʼkidlashicha, shaxsiyat chegarasi buzilishi boʻlgan odamlar koʻpincha manipulyatsiya qilishda asli manipulyativ boʻlmagan xatti-harakatlarni namoyon qiladilar[11]. Linehanga koʻra, bular koʻpincha kuchli ogʻriqning oʻylanmay qilingan xatti-harakatidir va koʻpincha atayin qilinmagani uchun haqiqiy manipulyativ hisoblanmaydi . DSM-V da manipulyatsiya shaxsiyat chegarasi buzilishining belgilovchi xususiyat sifatida olib tashlandi[10].
Hissiy manipulyatsiya shkalasi - manipulyatsiya qilishda shaxslar tomonidan qoʻllaniladigan usullarni tavsiflash uchun oʻnta bandli shkaladan foydalanadi[12].
Boshqalarning his-tuygʻularini boshqarish shkalasi — boshqalarning his-tuygʻularini oʻzgartirish qobiliyatini oʻlchaydi[13]. Sinov olti toifani aniqlaydi: kayfiyat (yoki hissiy holat) koʻtarilishi, kayfiyatning tushishi, his-tuygʻularni yashirish, soxtalik qobiliyati, his-tuygʻularning yetishmasligi va kayfiyatni yaxshilash uchun chalgʻitishdan foydalanish. Kayfiyatni tushirish va chalgʻitish toifalari manipulyativ xatti-harakat qobiliyati va moyilligini aniqlash uchun ishlatilib kelinadi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.