From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yilning 16-iyunidan beri Makkaga Haj ziyoratiga borgan kamida 922 kishi havo harorati selsiy shkalasi boʻyicha 50 darajadan (farengeyt boʻyicha 122 daraja) oshib ketgan qattiq jazirama tufayli halok boʻldi[1]. Makka masjidida qayd etilgan eng issiq harorat 51.8 °C (125.2 °F)ni tashkil etgan[2]. 16-iyun kuni kamida 2764 ta issiqlik bilan bogʻliq kasalliklar qayd etilgan[3]. Shuningdek olomon siqilishida bir kishi halok boʻldi[4].
Makkada aniqlangan eng yuqori harorat: 51.8 °C (125.2 °F) |
2024-yilgi Hajga 1,8 million ziyoratchi tashrif buyurdi. Halok boʻlganlarning kamida 600 nafari misrlik ziyoratchilardir. Iordaniyalik diplomatlarning taʼkidlashicha, 60 nafar iordaniyalik ham jazirama tufayli halok boʻlgan[4]. Tunis tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, kamida 35 nafar tunislik ziyoratchilar „haroratning keskin koʻtarilishi“ oqibatida halok boʻlgan. Indoneziya 144 nafar indoneziyalik oʻlganini xabar qilib, ulardan kamida uchtasi issiqlik urishi tufayli ekanligi tasdiqladi. Iroqdagi Kurdiston mintaqasidan kelgan 13 nafar ziyoratchi jazirama tufayli halok boʻlgani xabar qilingan. Hindistonning Jammu va Kashmir hududidan kelgan besh nafar ziyoratchi ayol Arofot togʻi va Muzdalifada issiq urishi oqibatida halok boʻldi[5]. Eron va Senegaldan kelgan bir qancha ziyoratchilar hsm halok boʻlgani xabar qilingan[6][7].
Baʼzi ziyoratchilar yoʻl boʻyida harakatsiz yotgan ziyoratchilarni koʻrganini va tez yordam xizmatlari qurbonlar soniga nisbatan yetarlicha eʼtibor bera olmayotganliklarini taʼkidladilar.
Misrlik diplomatning taʼkidlashicha, koʻp sonli ziyoratchilar, moliyaviy jihatdan qurbi yetmaganliklari sababli rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmay va roʻyxatdan oʻtkazmasdan haj ziyoratini amalga oshirgan oʻtkazgan va bu misrlik qurbonlar soni ortib ketishiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin[2].
19-iyun kuni halok boʻlganlar soni 922 kishiga yetdi, jumladan, bulaning 600 nafari misrliklardan iborat[8].
Millati | Vafot etganlar | Manba |
---|---|---|
Bangladesh | 21 | [9] |
Misr | 600 | [8] |
Indoneziya | 144 | [10] |
Hindiston | 68 | [11] |
Iordaniya | 60 | [12] |
Tunis | 35 | [13] |
Malayziya[lower-alpha 1] | 14 | [14] |
Marokash[lower-alpha 2] | 17 | [15] |
Eron | 15 | [16] |
Iroq | 11 | [17] |
Rossiya | 4 | [18] |
Senegal | 3 | [19] |
Umumiy | 992[lower-alpha 3] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.