From Wikipedia, the free encyclopedia
Magnetit (magnit temirtosh) — murakkab oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — FeFe2O4 Tarkibi va xususiyatlari oʻzgaruvchan boʻlib, vujudga kelish sharoitiga bogʻliq. Kub singoniyada kristallanadi, oktaedr kristallar va rombdodekaedr koʻrinishdagi yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi qoʻngʻir qora, metalldek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0; zichligi 5200 kg/m3. Kuchli magnit xossasiga ega. Tarkibida titan (1U)-oksid (TYU2) boʻlsa titanmagnetit va xrom (Sh)-oksid (0,0,) boʻlsa xrommagnetit deb ataladi. Magmatik togʻ jinslarida, gidrotermal konlarda, baʼzan choʻkindi jinslarda uchraydi. M. temir olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. M.ning yirik konlari gabbro va gabbropiroksenit-dunitli formatsiyalarning magmatik jinslari, siyenitlar, oʻta asosli ishqorli jinslar va karbonatitlar, kontakt-metasomatik tuzilmalar, vulkanogen-choʻkindi jinslar bilan bogʻliq. M.ning eng katta konlari Rossiya (Kursk magnit anomaliyasi), Ukraina (Krivoy Rog, Kremenchug temir ruda konlari), Shvetsiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda bor.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.