Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Madaniy qatlam – arxeologiyada inson faoliyatining izlari qadimiy inshootlar, qurilish va xoʻjalik chiqindilari, kul va boshqa saqlangan yer qatlami hisoblanadi. Qalinligi 10 sm dan 10 m gacha boʻlishi mumkin. Madaniy qatlam oʻtmishimizning gʻor va ungurlarda, daryo va koʻl boʻylarida qad koʻtargan makon va manzilgohlarda hosil boʻlgan madaniy qoldiqlarning jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq holda davrma davr, ustma-ust joylashishini ifodalaydi. Odatda, arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha madaniy qatlamli boʻlib, ularning joylashishi, gorizontlarga boʻlinishi, ularda uchraydigan arxeologik topilmalarning xususiyati va davriyligiga qarab, ularning nisbiy va mutlaq yoshi aniqlanadi. Odamlar maʼlum joyda muayyan davrdagina yashasa bir madaniy qatlamli yodgorlik hosil boʻladi. Bir joyda davom etgan uzluksiz hayot esa koʻp madaniy qatlamli yodgorliklarni vujudga keltiradi masalan Afrosiyob, Qanqa, Buxoro, Yerqoʻrgʻon. Madaniy qatlam kishilar faoliyatining qoldiqlarini oʻrganish va shu qarorgohning tarixini tiklash maqsadida qaziladi[1].
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.