From Wikipedia, the free encyclopedia
Maciej Rybus (talaffuzi: [ˈmat͡ɕɛj ˈrɨbus], Matsey Ribus; 1989-yil 19-avgustda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi. U Rossiya Premyer ligasining Spartak Moscow klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, avval esa Polsha milliy futbol jamoasi safida xalqaro futbol bilan shugʻullangan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Maciej Rybus[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-avgust 1989-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Łowicz, Polsha | ||
Boʻyi | 1.73 m[1] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Spartak Moscow | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Pelikan Łowicz | |||
2006—2007 | MSP Szamotuły | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2012 | Legia Warsaw | 102 | (13) |
2012—2016 | Terek Grozny | 101 | (19) |
2016—2017 | Lyon | 19 | (0) |
2017—2022 | Lokomotiv Moscow | 102 | (2) |
2022— | Spartak Moscow | 5 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Polsha 19 yoshgacha | 1 | (0) |
2008—2009 | Polsha 21 yoshgacha | 9 | (2) |
2009—2022 | Polsha | 66 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 11-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 12-noyabr uchun) |
Rybus faoliyatini Pelikan Łowicz klubi bilan boshladi va 2006-yilning yozida MSP Szamotulyga sotildi, bu yerda atigi bir mavsum oʻynadi va Legia Warsaw tomonidan yoshlar jamoasi safiga qabul qilindi. U 2007-yil 15-noyabrda Ekstraklasa kubogida Dyskobolia Grodzisk Wielkopolskiga qarshi oʻyinda Legia safida debyut qilgan. Legia bosh murabbiyi Jan Urban futbolchini asosiy jamoaga oʻtkazishga qaror qildi. Rybus 2007-yil 24-noyabrda Ekstraklasada debyut qildi. U 2007—2008-yilgi mavsumda asosan zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi, ammo mavsum oxirida boshlangʻich oʻn birlik tarkibdan joy oldi. Rybus Ekstraklasadagi ilk golini 2007-yilning dekabr oyida Gornik Zabrzega qarshi oʻyinda urgan. 2008-yil aprel oyida Rybus liga doirasidagi Wisla Krakowga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
2016-yilning 21-iyunida u Lyon klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Rybus klub safida jami 28 ta oʻyin oʻtkazgan.
2017-yilning 19-iyulida u Rossiyaning Lokomotiv Moscow klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. Rybus 2022-yilning 31-may kuni shartnomasi muddati tugagani sababli Lokomotivni tark etdi[4]. Klubdagi faoliyati davomida u bitta Rossiya Premyer ligasi chempionligini, ikkita Rossiya kubogi gʻalabasini va Rossiya Super kubogini qoʻlga kiritdi.
2022-yil 11-iyun kuni Rybus Spartak Moscow klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5]. U klubdagi ilk golini 2022-yil 27-avgust kuni Fakel Voronezh ustidan 1:4 hisobida gʻalaba qozonganida kirtidi.
Rybus Polsha terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning noyabrida Ruminiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Kanadaga qarshi navbatdagi oʻyinda u xalqaro darajadagi birinchi golini urdi. Rybus UEFA Yevropa chempionati 2012da ham Polshani himoya qilgan. 2018-yilning may oyida u Polshaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[6].
2022-yil 20-iyun kuni Rossiyaning Spartak Moscow klubiga oʻtganidan soʻng, Polsha Rybusni mamlakati terma jamoasida oʻynashini taqiqladi. Bunga sabab sifatida uning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida rus jamoasida oʻynash koʻrsatilgan[7]. Bu klub egasi Lukoil urushga qarshi chiqqan yagona yirik rus kompaniyalaridan biri boʻlganiga qaramay Rybus terma jamoa tarkibiga olinmagan[8].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | UEFA | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Legia Warsaw | 2007—2008 | Ekstraklasa | 10 | 4 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | 22 | 4 | |
2008—2009 | 27 | 3 | 2 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | 36 | 3 | ||
2009—2010 | 29 | 2 | 3 | 1 | 4 | 0 | - | 36 | 3 | |||
2010—2011 | 20 | 2 | 4 | 0 | - | - | 24 | 2 | ||||
2011—2012 | 16 | 2 | 1 | 1 | 11 | 1 | - | 28 | 4 | |||
Jami | 102 | 13 | 14 | 2 | 18 | 1 | 12 | 0 | 146 | 16 | ||
Terek Grozny | 2011—2012 | Rossiya Premyer ligasi | 11 | 3 | 1 | 0 | - | - | 12 | 3 | ||
2012—2013 | 19 | 4 | 1 | 0 | - | - | 20 | 4 | ||||
2013—2014 | 16 | 0 | 2 | 0 | - | - | 18 | 0 | ||||
2014—2015 | 27 | 3 | 1 | 0 | - | - | 28 | 3 | ||||
2015—2016 | 28 | 9 | 3 | 0 | - | - | 31 | 9 | ||||
Jami | 101 | 19 | 8 | 0 | - | - | 109 | 19 | ||||
Lyon B | 2016—2017 | CFA | 2 | 0 | - | - | - | 2 | 0 | |||
Lyon | 2016—2017 | Liga 1 | 19 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 28 | 0 |
Lokomotiv Moscow | 2017—2018 | Rossiya Premyer ligasi | 20 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | - | 27 | 1 | |
2018—2019 | 16 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 20 | 1 | ||
2019—2020 | 19 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 | ||
2020—2021 | 26 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 37 | 1 | ||
2021—2022 | 21 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 | ||
Jami | 102 | 2 | 7 | 0 | 23 | 1 | 4 | 0 | 136 | 3 | ||
Spartak Moscow | 2022—2023 | Rossiya Premyer ligasi | 5 | 1 | 1 | 0 | - | 1 | 0 | 6 | 1 | |
Faoliyati jami | 331 | 35 | 31 | 2 | 48 | 2 | 18 | 0 | 427 | 39 |
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Polsha | 2009 | 2 | 1 |
2010 | 10 | 0 | |
2011 | 6 | 0 | |
2012 | 5 | 0 | |
2013 | 3 | 1 | |
2014 | 6 | 0 | |
2015 | 8 | 0 | |
2016 | 4 | 0 | |
2017 | 4 | 0 | |
2018 | 5 | 0 | |
2019 | 2 | 0 | |
2020 | 3 | 0 | |
2021 | 8 | 0 | |
Jami | 66 | 2 |
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2009-yil 18-noyabr | Stadion Miejski im. Zdzislawa Krzyszkowiaka , Bidgoshch, Polsha | Kanada | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2013-yil 4-iyun | Stadion Krakovi im. Jozefa Piłsudskiego , Krakov, Polsha | Lixtenshteyn | 2-0 | 2-0 |
Legia Warsaw
Lokomotiv Moscow
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.